22. Qachon Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi qurilgan? A) 1802-yilda B) 1806-yilda
C) 1804-yilda D) 1808-yilda
23. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosiulushi 25% ga yetdi? A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
24. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosi ulushi 42% ga yetdi? A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
25. Amirlikda yetishtirilgan necha tonna paxtaning hammasi Rossiyaga sotilganligi qayd etilgan? A) 12 ming B) 15 ming
C) 16 ming D) 18 ming
26. Amirlikka Rossiyadan har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan qancha rubllik tovar eksport qilingan? A) 1 mln B) 2 mln C) 3 mln D) 4 mln
27. Quyidagi ma’lumotlardan xato variantni aniqlang. A) Buxoro ko‘p yillar davomida o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o'zaro urushlarning kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron qiluvchi
hujumlari sabab bo‘ldi. Mang‘itlar esa xarobaga aylangan Samarqandni tiklash chorasini ko‘rdilar.
B) Amirlikda hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to‘qimachilik bo'lgan.
C) Amirlik hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi.
D) Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga
kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi
28. Ma’lumotlardan faqat to’g’rilarni aniqlang. 1. Chet davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip
gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi.
2. Buxorodagi Hind savdogarlari hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o!tlar, doridarmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
3. Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o‘tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilgan. Aybdorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli tomoshalar namoyish etilar edi.
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3