Mavzuning dolzarbligi. Tok o‘simligini o‘suv davrida yetarli namlik va o‘g‘it bilan ta’minlash, kam suv sarflagan holda hosildorlikka putur yetkazmasdan, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish, bog‘dorchilikda asosiy muammolardan biridir. Tok o‘simligini biologik hususiyatlarini, vohaning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda mineral o‘g‘itlar azot, fosfor va kaliyning eng maqbul meyorlarini, hosilni yuqori bo‘lishini aniqlash va olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga joriy etish eng dolzarb muammolardan biridir.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.Ilmiy manbalarni o‘rganish natijasida tok o‘simligini yetishtirish agrotexnikasi, o‘sish va rivojlanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mamlakatimiz va chet davlatlar olimlari tomonidan tuproq-iqlim sharoitlarida olib borilgan.
Ilmiy ishning maqsadi. Xorazm vohasi qadimdan sug‘orilib kelingan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga o‘g‘it berish meyorlarini rivijlanisg davrida turli meyorlarga bo‘lib qo‘llashning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Ilmiy ishning vazifasi.Ilmiy izlanishlar olib borish davrida quyidagi vazifalar bajarildi.
Xorazm vahasi o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida Mersedes uzum navining o‘sishini, rivojlanishini va hosildorligiga ma’danli o‘g‘itlarni ta’sirini o‘rganish.
Ma’danli o‘g‘itlarni o‘suv davrida turli meyorlarda bo‘lib berilishining samaradorligini aniqlash.
O‘tkazilgan tajribalar natijasida yuqori hosil va tiniq sifatli, yirik uzum donalari, shingilli bo‘lishiga sababchi bo‘lgan N200, P120, K90 kg/ga variantni uzumchilik fermerlariga va tomorqa yer egalariga tavsiya qilish.
Mersedes uzum navini yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.
Tadqiqot obekti.Xorazm vahasi o‘tloqi allyuvial qadimdan sug‘orilib kelingan tuproqlar sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga ma’danli o‘g‘itlarni ta’sirini, o‘sish, rivojlanish, biologik xususiyatlarini va shingil donini yirikligiga, sifatiga, hosildorligiga ta’sirini va iqtisodiy samaradorligini o‘rganish.
Tadqiqot predmeti.Xorazm vahasi o‘tloqi allyuvial qadimdan sug‘orilib kelingan tuproqlar sharoitida Mersedes uzum navidan mo‘l va sifatli hosil olish uchun madanli o‘g‘itlardan azot, fosfor va kaliylarning eng maqbul meyorlarini aniqlash.
Ilmiy yangiligi. Xorazm vahasi o‘tloqi allyuvial qadimdan sug‘orilib kelingan tuproqlar sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanmagan. Biz tajribamiz orqali birinchi marotaba aniqlashga erishdik.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda dala tajribalari barcha variantlarda qaytariqlar va variantlardagi biometrik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun fenologik kuzatuvlar ,,Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari// , \\Metodika provila// kabi uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi. Olingan natijalarni aniqligi va ishonchliligi \\ Dispersion tahlil \\ uslubi yordamida matematik-statistik tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.Tadqiqotlar jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy-uslubiy ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi soxasi bo‘yicha uzumchilik fermerlari va tamorqa yer egalariga mersedes uzum navidan yuqori va sifatli hosil olish uchun madanli o‘g‘itlarni qo‘llash meyorlari haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishga erishildi.