O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
|
O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.
O‘quvchi:
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
|
Dars jihozi: Dars bo’yicha jihozlangan.
Dars rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi (3 daqiqa).
2. Guruhlarga bo`linish (5 daqiqa).
3. “Biz bilgan bilimlar” (xotirani sinash 6 daqiqa).
4 Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (15 daqiqa).
5. Mavzuni mustahkamlash (6 daqiqa).
6. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (6 daqiqa).
7. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
1. O`qituvchining kirish so`zi (3 daqiqa).
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
2. Guruhlarga bo`linish (5 daqiqa).
O`quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).
I-guruh. Parij
II-guruh. Madrid
III-guruh. Toshkent
IV-guruh. Budapesht
V-guruh. Tehron
3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa).
O‘quvchilarning Yevropa mamlakatlarining rivojlanish xuxusiyatlari bo`yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalari tekshirish uchun “Biz bilgan bilimlar” so`rovnomasi (javoblar bilan birgalikda) beriladi. Ular qog`ozchalardagi javoblardan to`g`ri javobni topib, savollar yoniga joylashtirishlari kerak.
4 Yangi mavzu bayoni. „Juftliklarda ishlash” (15 daqiqa).
Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. YI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.
Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.
Yevropa Ittifoqi qiymati 5 milliard yevroni tashkil qiluvchi Yevropa tinchlik jamgʻarmasini (EPF) tasdiqladi. Jamgʻarma mablagʻlari Yevropa Ittifoqining sherik-davlatlariga xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni mustahkamlashda yordam berish uchun moʻljallangan. Pul mablagʻlari fondning 2021–2027-yillardagi faoliyati uchun hisoblab chiqiladi.
Asosiy maqsad Yevropa Ittifoqining nizolarning oldini olish, tinchlikni saqlash, xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Ushbu mablagʻ sherik mamlakatlarga tinchlikni saqlash harakatlari uchun, shuningdek ularning qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga ham yoʻnaltiriladi.
U Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar (1993) ishtirokida yaratilgan.373 milliondan ortiq aholiga ega Yevropa hududida joylashgan. Yevropa Ittifoqi Yevropa Assotsiatsiyasining aʼzosi, xususan Yevropa koʻmir va Poʻlat qazib olish assotsiatsiyasi (1951, ushbu tashkilot Yevropa Ittifoqini yaratishga asos solgan), Yevropa iqtisodiy assotsiatsiyasi (1957-yilda Rim shartnomasida tashkil etilgan ushbu tashkilot „umumiy“ deb ham ataladi bozor"), shuningdek, Yevropa atom energiyasi assotsiatsiyasi (1957-yilda tashkil etilgan) ularning munosabatlari asosida ishlaydi. Keyinchalik mamlakatlar – Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Estoniya, Latviya, Litva - ushbu ittifoqqa aʼzo boʻlishdi. Yevropa Ittifoqi doirasidagi integratsion hamkorlikning asosiy vazifalari noyob Yevropa Qonuni (1987), Maastrixt shartnomasi (1992) va Amsterdam shartnomasi (1997) bilan belgilanadi. Soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqi quyidagi yoʻnalishlarda: umumiy bozordan iqtisodiy va valyuta Ittifoqiga oʻtish; keng asoslangan strategiyani amalga oshirish; noyob tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida yaxlitlik muhitini shakllantirish; Oʻrta er dengizi, Osiyo, lotin Amerikasi, Afrika qitʼalari sohillarida mintaqaviy siyosatni faollashtirish; ijtimoiy sohada hamjihatlikni yanada takomillashtirish va qonuniylik va ichki tartibni himoya qilishda sheriklikni kengaytirish. 1999-yil 1-yanvardan boshlab (birinchi navbatda oʻn bir mamlakat: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya) noyob yevro valyutasini (1996-yilgacha ECU) joriy qildi, unda hisob-kitob operatsiyalari uchun muvozanat xususiyati belgilanadi. 2002-yildan boshlab naqd toʻlovlar uchun tangalar va banknotalar muomalaga kiritiladi. Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga quyidagilar kiradi Yevropa komissiyasi, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa Adliya sudi, auditorlar palatasi va boshqalar.
Evropa Ittifoqi (Evropa Ittifoqi) - Evropaning yigirma etti mamlakatidan tashkil topgan xalqaro birlashma, uning maqsadi a'zo davlatlar o'rtasida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |