Mavzusida tayyorlagan mustaqil ish


Professiografiyaning psixologik asoslari



Yüklə 74,69 Kb.
səhifə2/7
tarix05.12.2023
ölçüsü74,69 Kb.
#173223
1   2   3   4   5   6   7
PROFESSIOGRAMMA

Professiografiyaning psixologik asoslari

Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, koʻnikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni oʻrganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin:


1. Ishchilar attetsatsiyasi.
2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish.
3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi.
4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi.
1. Faoliyat mazmuni: Mehnat predmeti va masalalari. Ish natijalari sifatiga qoʻyiladigan talablar.
2. Mehnat qurollari: Ish turi va tartibi. Boshqarish organlari. Ish joyini tashkil etish.
3. Mehnat sub’yektining faoliyati: Harakat turlari va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
4. Mehnat sub’yektining faoliyati: Ishchilarning oʻzaro aloqalari tuzilmasi. Ishni rejalashtirish va nazorat.
5. Kasbning mehnat sub’yekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar.
6. Mehnat sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy - eksperimental tekshiruv. Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yigʻish usullari orqali amalga oshiriladi.
Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qoʻllaniladi.
1. Kasbning umumiy tavsifi: Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. Kasbiy muhit.
2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: Kasbiy dala tavsifi. Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish: Kasbiy ta’lim darajasi. Kasbiy tayyorgarlik. Malaka oshirish.
4. Ishchining kasbiy moyilligi: Mutaxassislik sohasining kengligi. Asosiy malakalar darajasi. Mutaxassislik va kasbni oʻzgartirish imkoniyati.
5. Kasb istiqbolini baholash: Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. Ishchining kasbiy faolligi. Kasbiy oʻzini oʻzi takomillashtirish karyera.
Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qoʻllaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’yektining holati va muhim kasbiy sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga koʻra metodik professiografiyalash sxemasi ham oʻzgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka boʻlgan ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi.
1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: Haraktlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Emotsional koʻrinishlar. Ish joyidagi noqulaylik turlari. Faoliyat jarayonida paydo boʻladigan xatolar, brak travma turlari.
2. Mehnat sharoitlari: Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa). Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. Ish tartibi. Haq toʻlash va ragʻbat shakli.

Yüklə 74,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin