Mutaxassisning kasbiy mahoratini oʻrganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qoʻllaniladi.
1. Faoliyat mazmuni: Ishchilar malakasiga qoʻyiladigan talablar (kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). Ishchilarning huquq va majburiyatlari.
2. Mehnatni tashkillashtirish: Malaka oshirish. Kasbiy psixologik potensial. Ijodiy qobiliyatlar.
3. Mehnat sub’yekti faoliyati: Harakatlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish. Faoliyat individualligining xususiyatlari.
Ta’limga yoʻnaltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’yektligi haqidagi gʻoya qoʻyiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’yekti boʻlib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyixalashtirish texnologiyalarini oʻrganib chiqishdi. Kasb pasporti bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yoʻnalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Kasbning asosiy ob’yekti (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Inson – tabiat, ―inson – inson, ―inson – texnika, ―inson - belgilar tizimi, ―inson badiiy obraz va boshqalar.
Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi hisoblanadi. Kasbiy predmetli salohiyat bloki koʻp tizimli ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini oʻz ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’yektlarga yoʻnaltirilgan, bu ob’yektlar qanday ob’yektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega boʻlishi lozim. ―Ijtimoiy kasbiy salohiyat blokida shaxs ob’yektining quyidagi yoʻnalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni oʻzini nazorat eta olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yoʻnaltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi.
Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qoʻyiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy koʻrsatmalar, jinsiga, yoshga boʻlgan va sanitariya- gigienik talablar kiradi. Kasb-kor (hunar) oldiga qoʻyiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni oʻzida aks ettiradi;
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning oʻziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal boʻyicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va koʻnikmalar koʻlamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb boʻyicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. Oʻzini oʻzi faollashtirish va identifikatsiyalash.