Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish boʻlmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub’yektining individual xususiyatlariga bogʻliq holda kechadi. Kasbiy jihatdan oʻz oʻzini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Bundan koʻzlangan maqsad shundaki, biz koʻrib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni aynan kasbiy oʻz oʻzini aniqlash jarayonini bosqichma bosqich koʻrib chiqishimiz zarur boʻladi. Shunday qilib, kasbiy oʻz oʻzini aniqlash beshta bosqichni oʻz ichiga qamrab oladi:
1. Kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda bola kasblar olami haqida yetarlicha tasavvurga ega boʻladi, oʻz ichki imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada boʻladi. Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli boʻlib, unda kasbning mazmuni va ish sharoitlari haqida bolada savollar tugʻilmaydi.
2.Kasbiy jihatdan oʻz-oʻzini aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga toʻgʻri keladi (15-17 yoshlar). Bu bosqichda ilk professional intilishlar paydo boʻladi va rivojlanadi hamda mehnatning turli xil sohalari ichidan oʻziga ma’qulini tanlash jarayoni kuzatiladi.
3.Kasbiy ta’lim bosqichida tanlangan kasbni oʻzlashtirish jarayoni sodir boʻladi. 4.Kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning individual uslubining paydo boʻlishi hamda kishining ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogʻlanishi bilan xarakterlanadi.
5.Mehnatda oʻzini koʻrsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli boʻlgan talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bogʻliq holda kechadi.
Shunday qilib, kasbiy jihatdan oʻz oʻzini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni, kasbiy intilishning paydo boʻlishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod boʻlgungacha boʻlgan davrlarni oʻzida mujassamlashtirgan jarayondir. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. Toʻgʻri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi. Bu asosan tashqi holat baholariga, oʻzining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bogʻliqdir.
1.Ob’yektiv baholash xususiyatga ega, har qanday vaziyatda ham ma’lumotni toʻgʻri eshitib, toʻliq qabul qilib, qiziqish bildirib shok holatiga tushmay sovuqqonlik bilan vaziyatni baholash.
2. Shaxsni, u kim boʻlishidan qat’iy nazar hurmat qilish kerak, maqsadbolada ma’suliyatni his qilishini uygʻotib, mustaqqil fikrlashga undash.
3.Shaxsni tushunish, oʻzaro bitim tuzib birgalikda ongli ravishda tushunib qaror qabul qila olishga undash.
4.Psixologik bilimlarga, inson fe’l atvori, uning jismoniy, ijtimoiy psixologik determinantlarga ega boʻlish.
DJ. Shtrasser va X.Gruber oʻz tadqiqot xulosalarida psixologiya fanidan yaxshi oʻrganilmagan tuzilmalarga e’tiborini qaratgan. Bulardan bittasi kongnetiv aspektlarni fanga yoʻnaltirilgan tahlillardir. 1.Ekspertlar tomonidan muammolarni mental tassavuri. 2.Narsalarga qaratilgan muammolarni yechimini topishda fikrlash jarayonlari.
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari,
mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o’rganiladi.
Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o’rganishda
differentsial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati
professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo’ysunishidir. Masalan,
kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish
kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra farqlanishi lozim. Malaka
darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko’nikma tavsifi
muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o’rganish uchun shunday belgilardan
foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini
aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o’rganish
usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo’llanilish sohasi ya’ni
professiografiya o’tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo’lib, u mutaxassisning
motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi.
Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan
psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi. Professiografik tadqiqot
metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi ya’ni psixik
jarayonlar ko’rishini ya’ni, mehnat sub’ektining ichki vositalariga bo’lgan integral
psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada ko’pgina turli-tuman usullar qo’llanadi:
Ijtimoiy (so’rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2. Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy
so’rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o’rganish
metodi);
Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o’lchash antopometrik va texnik
ma’lumotlar);
Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va
vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi
usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi
omil tadqiqot maqsadi muhim rol o’ynaydi.
Psixografiyalarni kasbga yo’naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy
professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat
sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq
o’rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo’nalishi bu shaxsning qobiliyatlari,
psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga
yo’naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar
juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o’quv - kasb muassasalarida talabalar,
o’quvchilarni o’qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo’lgan sharoitlarni
aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq
majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo’naltirish, kasbiy
yo’nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo’lmaydi.
Ta’limga yo’naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’ektligi haqidagi g’oya
qo’yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’ekti bo’lib, unga bir qator maxsus
belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va
loyiqalashtirish texnologiyalarini o’rganib chiqishdi. “Kasb pasporti” bloki kasb va
mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim
darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Kasbning asosiy ob’ekti”
(sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Inson - tabiat”, “inson
- inson”, “inson - texnika”, “inson - belgilar tizimi”, “inson badiiy obraz” va
boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi
hisoblanadi. “Kasbiy predmetli salohiyat” bloki ko’p tizimli ta’lim sifatida kasbiy
muhim tavsifini o’z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi
asosiy ob’ektlarga yo’naltirilgan, bu ob’ektlar qanday ob’ektlar, bu sohada mehnat
natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega
bo’lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy salohiyat” blokida shaxs ob’ektining quyidagi
yo’nalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni o’zini nazorat eta
olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga
yo’naltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi.
Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda
tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan
3 Psixofiziologik xususiyatlariga qo’yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy
ko’rsatmalar, jinsiga, yoshga bo’lgan va sanitariya - gigienik talablar kiradi.
Muxandis xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif
Ma’lumki, muxandis xodimlar kasbiy faoliyatining bir nechta xususiyatlari mavjud
bo’lib, bu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga salmoqli ta’sir
ko’rsatadi. Muxandis xodimlari faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri - xodimlar
faoliyatining huquqiy jihatdan tartibga solinganligi. Muxandis xodimlar kasbiy
faoliyatining normativ hujjatlar, yo’riqnomalar va buyruqlar asosida belgilab berilishi
mehnatni samarali tashkil etish, faoliyatni erkin amalga oshirish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi.
Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini avvalo
yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o’z vakolatlarini qo’llashi esa
harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini
beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko’pincha bu holat qonunda
belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog’liq bo’ladi, shu bois bu
xodimdan juda katta hissiy-irodaviy zo’riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan
oqilona va qonuniy ravishda foydalanish - muxandisxodimlariga qo’yiladigan juda
muhim kasbiy talab- lardan biri. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va
maqsadga muvofiqligi ko’p hollarda xodimning shaxsiy fazilatlariga bog’liq.
Muxandis xodimlari kasbiy faoliyatining o’ziga xos jihatlaridan biri keng doiradagi
kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Xodim
o’z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo’lgan
shaxslar bilan muomala qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa xodimdan shaxs
psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi.
Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati xosdir. Bu
esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki
ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan
muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy psixologik tizimlar
mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va kommunikativ faoliyat. Albatta,
xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda
uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo’ladi.
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini
ko’rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat
beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko’plab turli xil talablar qo’yadi, ular orasida eng
muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo’nalganligi;
4. xodimning psixologik tayyorgarligi;
rivojlangan irodaviy xislatlar;
noodatiy vaziyatlarda o’zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;
yaxshi rivojlangan kommunikativlik;
turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar
o’rnata olish va sir saqlay olish;
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir ko’rsata olish
qobiliyati;
rolga, boshqa qiyofaga kira olish;
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va diqqatlilik,
rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;
rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan
intuitsiya;
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va rivojlantirish
davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining kasbiy
shakllanishi uchun zarur va shartdir.
Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo’lmasligi yoki etarli rivojlanmaganligi uning
o’z funktsional vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi, shaxsning o’z
kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu bois ham
xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik
tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.