Mavhum otlar predmet sifatida tasavvur
qilinadigan noaniq, mavhum,
tushunchani ifodalaydi: yaxshilik,
baxt, sog'inch, ёg'ingarchilik va
boshqalar.
Mavhum otlar donalab sanalmaydi
va -lar qo'shimchasi vositasida
ko'plik ma'nosi ifodalamaydi.
Turdosh otlar shuningdek, birlik
shaklda yakka bir predmetni ifoda
etadi. Turdosh otlar shu xususiyatga
ko'ra yakka va jamlovchi otlarga
bo'linadi.
Yakka otlar birlik shakldagi
predmetlardan bittasini yakkalab,
ajratib ko'rsatadi: stol, kitob, qalam,
uy chamadon. Grammatik jihatdan -
lar ko'plik qo'shimchasini olib,
ko'plik ma'nosini ifoda eta oladi.
Jamlovchi otlar birlik shakldagi bir
xil predmet otlarning to'dasini,
jamini anglatadi: xalq, armiya, gala,
to'da, poda, ozchilik, ko'pchilik.
Demak, jamlovchi otlar grammatik
jihatdan birlik shaklda bo'lsa ham,
ma'no jihatdan ko'plikni ifodalaydi.
www.arxiv.uz
Adabiyotlar ro'yxati
I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston
taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil
U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi
o'zbek adabiy tili» 1992 yil
A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va
morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili»
Toshkent, 2001 y
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili»
Toshkent, 2003 y
www.arxiv.uz
Dostları ilə paylaş: |