Kitob, daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.
www.arxiv.uz
Ot quyidagi sintaktik
xussuiyatlarga ega:
1)ot ot bilan bog'lanadi. Bosh va
qaratgich kelishigidagi otlar ana
shunday xususiyatga ega:
2)ot fe'l bilan bog'lanadi. Tushum,
jo'nalish, o'rin-payt, chiqish
kelishigidagi otlar fe'l bilan
bog'lanadi: xatni o'qidi, xatga
qaradi, xatda yozilgan kabi;
3)ot ba'zan sifat, ravish, son,
olmosh, undovga ham bog'lanadi:
osmon tiniq, uylar ko'p, maqsadim
shu kabi
4)bosh kelishik shaklidagi ot
gapdaega, kesim, sifatlovchi kabi
gap bo'laklari vazifasida; undalma,
nomenativ gap bo'lib keladi.
www.arxiv.uz
Masalan: O'zbekiston-kelajagi buyuk davlat (I.Karimov).
Olim kishi o'zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o'rganib
dono bo'lur). Seni ulug'layman, ey ona xalqim (A.O.)
Subhidam. Quyosh yotog'idan bosh ko'tardi. (P.Q.)
5)Qaratgich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida
keladi; Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.)
6) Tushum, jo'nalish, o'rin-prayt va chiqish kelishigi
shaklidagi otlar to'ldiruvchi, hol, ba'zan kesim vazifasini
bajaradi.
Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan
nishonlashdi. (S.A.) Bog'chada daraxtlar oltin rang bilan
tovlanardi. (O) Oltin o'tda bilinadi, odam mehnatda (Maqol)
www.arxiv.uz
Otning ma'no turlari.
Otlar ma'no jihatdan ikki turga bo'linadi: turdosh otlar va atoqli otlar:
Turdosh otlar. Bir turdagi predmetlarning, hodisalarning
umumlashtiruvchi nomi turdosh ot deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt,
kulgi, anjuman kabi. Turdosh otlar atoqli otlarga qaraganlar ko'p
miqdorni tashkil qiladi. Turdosh otlar kichik harf bilan yoziladi.
Atoqli otlar. Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardan birini ayirib
ko'rsatadigan otlar atoqli otlar deyiladi.
Atoqli otlar atab qo'yilgan nomlarni ifodalaydi. Atoqli otlarga
quyidagilar kiradi:
Kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O'ktam, O'tkir, Maxmudjon,
Axmedov
Yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg'un, Muqimiy, Furqat
Uy havonlariga atab qo'yilgan nomlar: Lopar, To'rtko'z, Mosh
Planeta, yulduz va sayyoralarning nomlari: Yer, Zuhar, Yetti qaroqchi,
Mirrix
Geografik nomlar (shahar, qishloq, tog', daryo, ko'l, cho'l, qit'a nomlari):
Toshkent, Marg'ilon, Chotqol, Pomir, Ohangaron, Chirchiq, Osiyo.
www.arxiv.uz
Oliy Davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O'zbekiston
Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Kengashi
Ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar
nomi: Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, O'rta Osiyo
Ipakchilik ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent davlat pedagogik
universiteti, Moliya vazirligi, Davlat banki
Yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O'zbekiston
Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi raisi, Bosh Qo'mondon.
Turli anjuman, xujjat va rezolyusiyalar, tarixiy sanalar, voqealar
nomi: Ulug' Vatan urushi, Mustaqillik kuni, Toshkent anjumani.
Fabrika, zavod, jamoa xo'jaligi, sport jamiyatlari, kino, teatr,
kitob, gazeta, jurnal, nomlari: «Sharq yulduzi» xo'jaligi,
«Qutlug' qon» romani, «Ma'rifat» gazetasi, «Yosh kuch» sport
jamiyati, «Guliston» jurnali
Atoqli otlar ko'plikda qo'llanilmaydi.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
|