Mavzuyuzasidansavollar: “Boshqaruv psixologiyasi” psixologiyaning qaysi tarmog`iga kiradi?


Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar



Yüklə 29,58 Kb.
səhifə11/11
tarix04.03.2022
ölçüsü29,58 Kb.
#53403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
тест

Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar



Ob’ekt

Ko’rsatkichlar tizimi

1.


Rahbarning o’ziga nisbatan madaniyatliligi


  • so’z bilan ishning birligi:

  • o’z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o’stirish ustida qayg’urish;

  • oqilona turmush tarzi, jismoniy sog’lomligini saqlash;

  • o’z-o’zini tanqid asosida o’z kamchiliklarini bo’yniga olmoq;

  • o’zini intizomga bo’ysundirish;

  • o’z malakasini oshirishga bo’lgan intilish va uning uddasidan chiqaolish;

  • harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi;

  • o’ziga va mehnat faoliyatiga bo’lgan talabchanlik;

  • axloqning quyidagi alifbolariga qat’iy rioya qilish:

  • kamtarinlik

  • haqgo’ylik

  • halollik

  • o’zini tuta bilishlik

  • oddiylik

  • to’g’rilik, vijdonlilik.

2.


Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi


  • Xalqparvarligi, ya’ni:

  • kishilarga e’tibor va hurmat;

  • kishilarga xayrihoh va iltifotli bo’lish;

  • olijanoblik va beg’arazlik, xolislik;

  • kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.

  • Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;

  • Odamlarga ishonch, kishilarning o’z kuchiga, qobiliyatiga bo’lgan ishonchini qo’llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo’naltira bilish;

  • Yuqori nutq madaniyatiga ega bo’lish va tashqi ko’rinishdagi ozodaligi;

  • Salbiy fazilatlarga ega bo’lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavmu-qarindosh va yaqin tanish-bilishlarga nisbatan toqati yo’q;

  • O’zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:

  • Xushmuomala;

  • Sipolik;

  • Kamsuqumlik;

  • Andishalilik;

  • Vazminlik.

  • Mehnat va do’stlikdagi sherikchilikda:

  • o’zaro yordam va quvvatlash;

  • hozirjavoblik va majburiylik, so’zsiz bajarishlik;

  • printsipiallik va ishonch;

talabchanlik.



3.

Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi.

  • Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;

  • Jamiyat baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko’paytirish haqida g’amxo’rlik qilish;

  • Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo’lish;

  • Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;

  • Ko’pfikrlikka ochiqko’ngillik bo’lish va uni hurmat qilish.

Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’iy nazar o’zining asosiy majburiyati, ya’ni qo’l ostidagilarni o’zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki rahbar nafaqat lavozim egasi, u o’z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir, sodda qilib aytganda rahbar - bu kishilar o’rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg’unlashtiruvchi “muxandisdir”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o’ta muhtojdir.




1Iqtidorli tushunchadan farqli o’laroq iste’dod tushunchasi ham bor. Iste’dod - bu har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. Qobiliyat, iqtidornitinimsiz mehnattufayli tarbiyalash mumkin. Ammo iste’dod iborasi ajdodida buyuk siymolar o’tgan avlod farzandlari orasida biror iste’dod egasi bo’y ko’rsatib qolganda tilga olinadi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin