Mavzu: Xotira mexanizmlari Reja: 1. Xotira haqida tushuncha 2. Xotiraning turlari 3.Xotirani parvarish qilish
Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi.
Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.
Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi hisoblanadi
Xotira mexanizmlariHozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda ko`plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.
Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi - neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yo`nalish - bioximik yo`nalishdagi nazariyalar qo`shilmoqda.
Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo`lib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda sub`ektning faolligiga qanday o`rin berilganligiga, sub`ekt faolligining o`ziga qanday qaralganligiga bog`liq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assosiativ nazariya kiradi.
Assosiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assosiatsiya tushunchasidir. Assosiatsiya - aloqa bog`lanish degan ma`noni bildiradi va hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida qaraladi. Ularning fikricha, agar ma`lum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning o`zida bir-biridan ketma-ket hosil bo`lgan bo`lsa, ular o`rtasida assosiativ aloqa hosil bo`ladi.
Inson xotirasi ajoyib narsa. Asrlar davomida insoniyat bir-birining ma'lumotni eslab qolish qobiliyatidan qo'rqib kelgan. Hozir buni tasavvur qilish qiyin, lekin o'rtacha odam tarixiy ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati cheklangan bo'lgan kunlarda tarix og'zaki ravishda uzatilar edi. Bunday erta jamiyatda xotirani eslab qolishning ajoyib qobiliyatlarini namoyish eta olishning qadrini ko'rish oson.
Endi biz xotiralarimizni smartfonlar, taymerlar va boshqa ogohlantirishlarga osongina autsorsing qilishimiz mumkin, bu bizga kerak bo'lganda, oldimizda kerak bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday ma'lumot yoki eslatma mavjudligiga ishonch hosil qiladi. Shunga qaramay, biz hali ham inson xotirasi, uning q va la'nat bo'lishi bilan qiziqamiz.
sodir bo'lgan jasoratlari va uning kundalik hayotimizda qanday baraka bo’lishini ham anglaymiz
Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq.
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
XOTIRA — inʼikos etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari hakidagi axborotni uzoq saklash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xattiharakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi.
X. hakidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va b.)da uchraydi. Xususan, Forobiy X. ga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.