Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


To‘lov balansining tarkibi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

11.3. To‘lov balansining tarkibi 
To‘lov balansi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi: 
1. Joriy operatsiyalar balansi.
2. Transfertlar balansi.
3. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi.
4. Oltin-valuta zaxiralarining harakati balansi.
Joriy operatsiyalar balansining o‘zi ikki qismdan tashkil topadi: 
1. Savdo balansi.
2. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansi.
Savdo balansida eksport bo‘yicha tushumlar va import bo‘yicha 
to‘lovlarning haqiqatdagi summasi aks etadi.
Savdo balansining passiv bo‘lishi, ya’ni import bo‘yicha 
to‘lovlarning eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bo‘lishi 
mamlakatning jahon savdosidagi mavqeining zaiflashganligidan yoki 
zaifligidan dalolat beradi.
Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansida quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy valutadagi tushumlar va to‘lovlar summasi 
aks etadi: 
- transportda yuk tashish; 
- sug‘urta; 
- telefon, telegraf, pochta va boshqa turdagi aloqalar; 
- xalqaro turizm; 
- chet elda diplomatik va boshqa vakolatxonalarni ochish hamda 
ularni saqlash; 


116 
- xorijiy davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash; 
- ilmiy-texnik va ishlab chiqarish borasidagi tajribalarni o‘zaro 
almashinish; 
- madaniy aloqalar 
- xalqaro kreditlarga foiz to‘lash; 
- xorijiy investitsiyalarga dividendlar to‘lash; 
- boshqalar.
Transfertlar balansida bir tomonlama to‘lovlar, ya’ni transfert 
to‘lovlari aks ettiriladi.
Transfertlar balansida ikki turdagi to‘lovlar o‘z aksini topadi: 
1. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar – boshqa 
mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va xalqaro tashkilotlarga 
badallar to‘lash.
2. Xususiy pul o‘tkazmalari.
Kapitallar va kreditlarning harakat balansida tadbirkorlik va ssuda 
kapitalining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar va to‘lovlar 
summasi aks etadi.
Tadbirkorlik kapitali ikki shaklda mavjud bo‘ladi: 
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.
2. Xorijiy portfelli investitsiyalar.
Ssuda kapitalining harakati xalqaro kreditlarning muddatiga ko‘ra 
tasniflanadi va to‘lov balansining ushbu bo‘limida ikki shaklda mavjud 
bo‘ladi: 
1. Qisqa muddatli xalqaro kreditlar (1 yilgacha muddatga ega bo‘lgan 
xalqaro kreditlar).
2. Bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar.
Oltin-valuta zaxiralarining harakat balansi rasmiy oltin-valuta 
zaxiralarining o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Rasmiy oltin-valuta zaxiralariga quyidagilar kiradi: 
- oltin; 
- xorijiy valutadagi zaxiralar; 
- xalqaro hisob birliklari.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin