Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

 
7.2. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish 
mexanizmi 
7.2.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning 
turkumlanishi 
Iqtisodiy 
adabiyotda 
pul-kredit 
siyosati 
vositalari, 
ya’ni 
instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan: 
1. An’anaviy instrumentlar.
2. Noan’anaviy instrumentlar.
Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: 
- qayta moliyalash siyosati
- majburiy zaxira siyosati; 
- ochiq bozor siyosati; 
- valuta siyosati; 
- depozit siyosati.
Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar 
kiradi: 
- tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash; 
- tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini 
belgilash; 
- tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini 
belgilash; 
- selektiv kreditlash.
 
7.2.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari.
Qayta moliyalash siyosati. 
Markaziy bank pul-kredit siyosatini 
amalga oshirishda uning an’anaviy instrumentlaridan (qayta moliyalash 
siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, valuta siyosati va 
depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan 
mamlakatlarda (katta yettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR, 
Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti 


62 
mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish 
pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini 
bajarmoqda.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo‘lgan tadbirlar 
majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan 
foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi 
trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi 
qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g’ridan - to‘g’ri 
kreditlash usuli.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin