Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

Majburiy zaxira siyosati. 
Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank 
pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. 
Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi: 
1. Zaxira talablari (reserve requirements).
2. Minimal zaxiralar (minimum reserves).
3. Majburiy zaxiralar (legal reserves).
Majburiy zaxira siyosati pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida 
dastlab AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank 
tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi.
Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul 
massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga 
Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga 
aylandi.
Ochiq bozor siyosati. 
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati 
deganda, odatda, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida 
qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi.
Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob’ekti 
sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:
xazina veksellari; 
hukumatning obligatsiyalari
hukumatning o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari; 
korporativ obligatsiyalar
tijorat banklarining depozit sertifikatlari; 
korxonalarning tijorat veksellari.
Valuta siyosati. 
Markaziy bankning valuta siyosati uning an’anaviy 
pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, valuta 


63 
siyosatining pirovard maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash 
hisoblanadi.
Markaziy bankning valuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan 
valuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng 
qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir: 
1. Valuta interventsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan 
operatsiyalar.
2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank 
tomonidan amalga oshiriladigan valuta operatsiyalari.
3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valuta zaxiralarini 
boshqarish operatsiyalari.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin