70
va institutsional xarakterga ega bo‘lgan muayyan muammolarga duch
kelishadi.
-Pul aylanish tezligining tez-tez o‘zgarib turishi.
-Tijorat banklari orasida raqobatning yo‘qligi.
-Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi.
-Pul va moliya bozorlarining mavjud emasligi.
-Foiz stavkalari sohasidagi muammolar.
-Depozit va kredit stavkalari orasidagi katta farq.
-Davlat sektorining moliyalashtirishga katta ehtiyojlari.
7.4.4. Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni
bashoratlash. Pul taklifini bashoratlash
PKBIning moliyaviy dasturlashni amalga oshirishdagi asosiy vazifasi
belgilangan inflatsiya sur’atlari va YaIMning real o‘sish sur’atini
ta’minlovchi
pul
taklifi
bilan
pulga
talab
darajalarini
muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Pulga talab bashorati PKBI
belgilangan pul massasi hajmiga erishish
maqsadida boshqaruv
vositalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarurdir.
Pulga talab bashorati
Pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarni
miqdoriy baholash va ularni
iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog‘lash uchun asos bo‘lib pul-
kredit sharhi (PKSh) xizmat qiladi.
PKShning asosiy ayniyati quyidagicha yoziladi:
NFA+NDC=M2-OIN,
bu yerda:
M2
– keng ma’nodagi pul massasi, ya’ni tor ma’nodagi pul
massasi (
M1
) bilan kvazi pullar (
QM
) yig‘indisi;
NFA
– sof xorijiy
aktivlar;
NDC
– sof ichki
kreditlar;
OIN
–boshqa sof moddalar.
PKBIning muhim vazifalaridan biri yuqorida keltirilgan
o‘zgaruvchilarning talabga javob beradigan
va kutilayotgan boshqa
makroiqtisodiy o‘zaruvchilarga mos keluvchi kelgusidagi miqdorlarini
bashoratlashdir. Bu yo‘lda birinchi muhim qadam sifatida pulga talabni
bashoratlash hisoblanadi.
Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan
birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bo‘lish
orqali
hisoblanadigan pul aylanish tezligining oxirgi o‘zgarishlarini
ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.
71
.
Agar pul aylanish tezligi oxirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan
bo‘lsa yoki qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda
bashorat davri uchun pul aylanish tezligini baholash mumkin. Shu tarzda
aniqlangan pul aylanish tezligining miqdoriga asoslanib inflatsion kutish
va foiz stavkalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: