111
10.4. Tovar va pul bozori muvozanati
IS va LM egri chiziqlarining alohida har biri muvozanatli daromad
Y
e
va muvozanatli foiz stavkasi R
e
ni belgilab bera olmaydi. Iqtisodiyotda
muvozanat IS va LM egri chiziqlarining faqatgina birgalikda kesishgan
nuqtasida aniqlanadi (10.4 –a rasm).
Tovar va pullar bozorida bir vaqtning o‘zida muvozanat faqat
daromad (Y
e
) va foiz stavkasi (R
e
) darajalarining yagona miqdorida
o‘rnatiladi (10.4 – a rasm).
Bir vaqtda tovar va pul bozorida muvozanatga mos keluvchi daromad
miqdorini (Y
e
) (10.4 – a rasm) Keyns «
samarali talab miqdori
» deb atadi.
Bu tizim qanday qilib beqarorlikdan
umumiy muvozanatga kelishi
mumkin? Agar tovar va xizmatlar bozori beqaror vaziyatda bo‘lsa, u
holda zahiralarning kutilmagan o‘zgarishi yuz beradi, iqtisodiyotni E
nuqtaga keltirish uchun firmalar ishlab
chiqarish hajmini yoki
qisqartiradilar yoki oshiradilar.
10.4-rasm. Tovar va pul bozorining birgalikdagi muvozanati
52
Agar pul bozori beqaror bo‘lsa, pullarga bo‘lgan talab ortganda foiz
stavkasi oshadi, kishilar pullarga bo‘lgan talablarini boshqa yo‘l bilan
qondira olmasalar, ular obligatsiyalarini sotishni
boshlaydilar yoki pul
taklifi ularga bo‘lgan talabdan ortsa, obligatsiyalarni sotib oladilar va
iqtisodiyot bunday holatda E nuqta tomon siljiy boshlaydi.
52
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
a)
b)
c)
IS
LM
E
R
e
R
1
R
Y
e
Y
1
Y
2
Y
E
EDG
EDM
EDG
ESM
ESG
ESM
ESG
EDM
IS
LM
R
Y
D
C
B
A
III
II
IV
IS
LM
R
I
Y
F
E
B
D
C
A
112
IS va LM egri chiziqlarining kesishuvi tekislikni to‘rtta
sohaga
ajratadi (10.4-b rasm), ularning har birida esa beqarorlik mavjud. I va II
sohalarda pullarning ortiqcha taklifi kuzatiladi, chunki ular LM egri
chizig‘idan yuqorida joylashgan, LM egri chizig‘idan pastda joylashgan
III va IV sohalarda esa pullarga bo‘lgan ortiqcha talab mavjud. I va IV
sohalar tovar va xizmatlarning ortiqcha taklifiga mos keladi, chunki ular
IS egri chizig‘idan yuqorida joylashgan, bunda II va III sohalarda tovar
va xizmatlarga ortiqcha talab mavjud bo‘ladi.
Iqtisodiyotning
muvozanatga moslashuvi va harakati rasmda strelka yo‘nalishida
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: