123
sotib olish imkoniga ega bo‘lgan istalgan tashqi konvertirlikka ega
bo‘lgan valutada amalga oshirilishi mumkin
66
.
XVF ekspertlari valutalarni, konvertirlanish ko‘lami va darajasiga
ko‘ra, ikkiga ajratadi: joriy valuta operatsiyalari bo‘yicha erkin
konvertirlanadigan valutalar va tashqi konvertirlikka ega bo‘lgan
valutalar. Lekin XVF ekspertlarining valutalarning tashqi konvertirlanishi
xususidagi talqinlarida o‘zaro nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda. Ushbu
nomuvofiqlikning mohiyati shundaki, XVF ayrim valutalarga nisbatan
«zaxira valutalar» tushunchasini qo‘llaydi va ushbu valutalarni xalqaro
miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajaradigan, boshqa mamlakatlar
uchun valuta pariteti va valuta kursini aniqlashda baza vazifasini
o‘taydigan valutalar sifatida e’tirof etadi. XVF rasman zaxira valutalar
sifatida AQSh dollari, Yaponiya ieni, Buyuk Britaniya funt sterlingi va
yevroni tan oladi. XVF tomonidan “zaxira valutalar” tushunchasi dastlab
1944 yilda, Bretton-Vuds jahon valuta tizimini yuzaga keltirish
jarayonida, qo‘llanilgan. O‘shanda faqat ikkita valutaga – AQSh dollari
va Buyuk Britaniya funt sterlingiga zaxira valuta maqomi berilgan edi.
Ayni vaqtda, zaxira valutalari bilan boshqa tashqi konvertirlikka ega
bo‘lgan valutalarning tashqi konvertirlanish darajasi o‘rtasida qanday
farqning mavjudligi XVFning me’yoriy-uslubiy hujjatlarida o‘z ifodasini
topmagan.
Milliy valutani konvertirlanish darajalari quyidagi mezonlarga
asoslanishi lozim:
I. Milliy valutaning qisman ichki konvertirlanishini belgilovchi
mezonlar.
II. Milliy valutaning to‘liq ichki konvertirlanishini belgilovchi
mezonlar.
III. Milliy valutaning qisman tashqi konvertirlanishini belgilovchi
mezonlar.
IV. Milliy valutaning to‘liq tashqi konvertirlanishini belgilovchi
mezonlar.
Dostları ilə paylaş: