133
batamom bartaraf qilolmaydi. MV ichki balans muammosini hal qilishga
kirishib, davlat xarajatlarini qisqartirish yo’li bilan, iqtisodiyotni F nuqta
tomon siljitib, inflatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. MB esa yana vujudga
kelayotgan, endi BP ning musbat saldosi ko‘rinishidagi, tashqi
disbalansni
bilib qolib, oldingi kursdan birmuncha chekinishga qaror
qiladi, foiz stavkasini pasaytiradi va iqtisodiyotni I nuqta tomon siljitadi.
Bunday harakatlar tufayli inflatsiyaning bir qadar jonlanishi MV ning
diqqatini o‘ziga tortadi va u davlat xarajatlarini kamaytirishni davom
ettirishga qaror qiladi (harakatning
I nuqtadan chapga tomon
yo’nalganligi).
Ikkala
organning
keyingi
mustaqil
harakatlari,
tushunarliki, iqtisodiyotni E nuqta tomon siljitadi, unda bir vaqtda ichki
va tashqi muvozanatga erishiladi.
Shuni tushinish mumkinki, vakolatlarning boshqacha tarzda
taqsimlanishi faqat negativ natijagagina olib keladi. MB ga ichki balansni,
MV ga esa tashqi balansni nazorat qilish topshirilgan bo‘lsin. A nuqtadagi
vaziyatdan (12.5-rasm)
kelib chiqib, MB inflatsiyani bartaraf qilish va
ichki muvozanatni tiklash maqsadida foiz stavkasini B nuqtadagi
darajagacha ko‘taradi. MV esa BP da musbat saldoni aniqlab,
uni G ni
oshirish orqali neytrallashtirishga urinadi, bu esa daromad, import va
savdo balansi defitsitining ortishiga olib keladi (BB
egri chiziqdagi B
nuqtadan C nuqta tomon o‘ngga siljish). Lekin tashqi muvozanatning
yangi nuqtasi (C nuqta) B nuqtadan o‘ngda bo‘lib qoladi, ya’ni iqtisodiyot
umumiy muvozanat holatidan (E nuqta) uzoqlashadi.
Dostları ilə paylaş: