135
Agar qayd etilgan kursda ichki pul siyosati almashtirish kursini
qo‘llab-quvvatlash zarurligigi bilan bog‘langan bo‘lsa, endi u bunday
vazifasidan xalos bo‘ladi va ichki muammolarni yechishda samarali
foydalanilishi mumkin bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, pul taklifining kengayishi foiz stavkasini pasaytiradi
va xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Ma’lumki, xarajatlarning
ko‘payishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini
yomonlashtiradi. To‘lov balansi defitsitiga foiz stavkasining pasayishi
tufayli ro’y beradigan kapitalning oqib chiqishi ham ko‘maklashadi.
Lekin egiluvchan kursda defitsit saqlanib qolmaydi.
Importning o‘sishi va kapitalning oqib chiqishi xorijiy valutaga
bo‘lgan talabni oshiradi, milliy valuta esa qadrsizlanadi. Bunday
qadrsizlanish o‘z navbatida bizning eksportyorlarimizning raqobatga
layoqatliligini kuchaytiradi, bu esa savdo balansini yaxshilashga olib
boradi. Eksportning o‘sishi milliy mahsulotga bo‘lgan talab oshganligini
ko‘rsatadi, bu esa pul massasining dastlabki o‘sishi tufayli vujudga kelgan
iqtisodiy ko‘tarinkilikni yanada kuchaytiradi.
Shunday qilib, pul siyosati, pul taklifining bevosita o‘sishi,
shuningdek almashtiruv kursini pasaytirish va eksportni oshirish yo‘li
bilan, ichki daromadga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning
harakatchanligi kapitalning oqib chiqishiga ta’sir ko‘rsata oladigan
darajada ahamiyatga ega, demak, milliy valutaning qadrsizlanishiga ham.
Lekin, pul siyosati mexanizmining murakkabligini esga tushirib, shuni
taxmin qilish mumkinki, uning ishlab chiqarishga ijobiy ta’siri kattaroq
darajada, ishlab chiqarishning ichki rag‘batlantiruvchi omillariga
nisbatan tashqi dunyoga bevosita bog‘liq bo‘ladi (foiz stavkasini
pasaytirish orqali), ya’ni milliy maxsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi,
mamlakatdan kapitalning oqib chiqishi va valutaning qadrsizlanishi
sharoitida, bizning eksportimizga talabning o‘sishi hisobiga ro‘y beradi.
Shunga ko‘ra pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri nixoyatda
o‘ziga xos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: