Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Makroiqtisodiy tahlil

12.4 – rasm. 
74
 
Qaytadan inflatsiya ro‘y beradi va MB R ni oshirib (C nuqtadan 
yuqoriga) pul siyosatini keskinlashtirishga majbur bo‘ladi, bu esa 
74
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers
2015 


134 
vaziyatni yanada keskinlashtiradi. Iqtisodiyot muvozanat E nuqtasidan 
uzoqlashib, IV zona bo‘yicha harakat qiladi. Inflatsiya va defitsit BP 
tebranishlari amplitudasi har gal oshadi.
12.5 – rasm. 
75
 
Shunday qilib, boshqaruv organlari o‘rtasida vakolatlarni noto‘gri 
taqsimlash 
iqtisodiyotni 
izlanayotgan 
muvozanat 
holatidan 
uzoqlashtiradi, xalos. Rollarning to‘g‘ri taqsimlanishi yuqorida bayon 
qilingan nisbatan ustunlik qoidasiga asoslanishi kerak: xar qaysi masala 
shunday organ oldiga qo’yilishi kerakki, uning intrumentlari bu masalani 
yechishda nisbatan katta ta’sirga ega bo’lsin. Yuqorida qaralgan model 
qayd etilgan valuta kursida tashqi balansni qo‘llab – quvvatlanishida pul 
siyosatining nisbatan ustunligi, fiskal siyosat ustunligi esa ichki 
muvozanatni quvvatlab turilishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu qoida 
Mandell samarali bozorini tasniflash tamoili deb ataladi (Mundell’s 
principle of effective market classification).
12.4. Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat. 
 
Suzuvchi almashtirish kursi sharoitida pul va budjet-soliq siyosati 
qayd etilgan kursdagi vaziyatga nisbatan butunlay boshqa natijalarga ega. 
Endi rollar taqsimoti muammosini to‘g‘ri yechish teskari ifodaga ega 
bo‘ladi: budjet - soliq siyosati pul siyosatiga nisbatan savdo balansi 
uchun, demak pul balansi uchun ham katta qiymatga ega bo‘ladi va aynan 
undan tashqi balansga erishish uchun foydalanish kerak bo‘ladi, ichki 
balans esa pul siyosati uchun tartiblash predmetiga aylanadi.
75
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 
2015 


135 
Agar qayd etilgan kursda ichki pul siyosati almashtirish kursini 
qo‘llab-quvvatlash zarurligigi bilan bog‘langan bo‘lsa, endi u bunday 
vazifasidan xalos bo‘ladi va ichki muammolarni yechishda samarali 
foydalanilishi mumkin bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, pul taklifining kengayishi foiz stavkasini pasaytiradi 
va xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Ma’lumki, xarajatlarning 
ko‘payishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini 
yomonlashtiradi. To‘lov balansi defitsitiga foiz stavkasining pasayishi 
tufayli ro’y beradigan kapitalning oqib chiqishi ham ko‘maklashadi. 
Lekin egiluvchan kursda defitsit saqlanib qolmaydi.
Importning o‘sishi va kapitalning oqib chiqishi xorijiy valutaga 
bo‘lgan talabni oshiradi, milliy valuta esa qadrsizlanadi. Bunday 
qadrsizlanish o‘z navbatida bizning eksportyorlarimizning raqobatga 
layoqatliligini kuchaytiradi, bu esa savdo balansini yaxshilashga olib 
boradi. Eksportning o‘sishi milliy mahsulotga bo‘lgan talab oshganligini 
ko‘rsatadi, bu esa pul massasining dastlabki o‘sishi tufayli vujudga kelgan 
iqtisodiy ko‘tarinkilikni yanada kuchaytiradi.
Shunday qilib, pul siyosati, pul taklifining bevosita o‘sishi,
shuningdek almashtiruv kursini pasaytirish va eksportni oshirish yo‘li 
bilan, ichki daromadga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning 
harakatchanligi kapitalning oqib chiqishiga ta’sir ko‘rsata oladigan 
darajada ahamiyatga ega, demak, milliy valutaning qadrsizlanishiga ham. 
Lekin, pul siyosati mexanizmining murakkabligini esga tushirib, shuni 
taxmin qilish mumkinki, uning ishlab chiqarishga ijobiy ta’siri kattaroq 
darajada, ishlab chiqarishning ichki rag‘batlantiruvchi omillariga 
nisbatan tashqi dunyoga bevosita bog‘liq bo‘ladi (foiz stavkasini 
pasaytirish orqali), ya’ni milliy maxsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi,
mamlakatdan kapitalning oqib chiqishi va valutaning qadrsizlanishi 
sharoitida, bizning eksportimizga talabning o‘sishi hisobiga ro‘y beradi. 
Shunga ko‘ra pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri nixoyatda 
o‘ziga xos bo‘ladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin