Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Samarali iqtisodiy siyosatni yuritishni



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Makroiqtisodiy tahlil

12.6. Samarali iqtisodiy siyosatni yuritishni 
qiyinlashtiruvchi omillar 
 
Ichki va tashqi muvozanatni tahlil qilib iqtisodiy siyosatning samarali 
ishlab chiqilishi va o‘tkazilishiga halaqit beruvchi bir qancha jarayonlarda 
umumiylikni kuzatdik.
Birinchidan, iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlarini o‘tkazishdagi 
ahamiyatli vaqt laglari (to‘siqlari) mavjud (siyosat vositalari va iqtisodiy 
reaksiya o‘zgarishlari orasidagi vaqt uzilishi), masalan foiz stavkasi 
o‘zgarishi, shuningdek firmalarning o‘z rejalarini istemol va investitsion 
xarajatlarga nisbatan muvoqlashtirishi. Lekin bu siyosatnig eng qiyin 
muammosi emas: natijalarni kerakli paytda olish maqsadida ma’lum bir 
tadbirlarni o‘tkazilish vaqtini o‘zgartirgan holda laglarni o‘zgartirish 
mumkin.
Ikkinchi muammo noaniqlik omili bilan bog‘liq va u ham o‘z 
navbatida uch xil bo‘ladi: 
1) Joriy iqtisodiy holatning-
a) to‘la bandlikga mos keluvchi ishlab chiqarish darajasi 
b) savdo balansining maqbul holati 
-ga nisbatan noaniqligi; 
2) Bo‘lg‘usi shoklar (larzalar)ga nisbatan noaniqlik, chunonchi, 
pulga bo‘lgan talab, xususiy sektor xarajatlari darajasi va boshqalarning 
o‘zgarishi; 
3) Modelning o‘z to‘g‘riligi masalasidagi noaniqlik (jamg‘arish, 
importga bo‘lgan moyillik darajasi, egri chiziqlar egilishi va boshqalar 
kabi parametrlarning to‘g‘riligi ). 
 
Qisqасhа хulоsаlаr 
 
Ichki muvozanat inflatsiya mavjud bo‘lmagan (yoki u barqaror
past darajadaligi) to‘la bandlik darajasida talab va taklif orasidagi balansni 
taqozo etadi. Qisqa muddatli davrda ichki balans muammosi, avvalo 
fiskal va pul siyosati yordamida jami talabni tartiblash usullari bilan hal 
qilinadi. 
Tashqi muvozanat to‘lov balansining
 
saldosi valuta kursining 
muayyan rejimida nolga tengligiga bog‘liqdir.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin