Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 - rasm. Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

12.1 - rasm. Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi
69
 
 
12.1-rasmda BB egri chizigi davlat xarajatlari (G) hajmlari majmuasi 
va foiz stavkalari (R) qiymatlari to‘plamini bildiradi, ular tashqi 
muvozanatni qo‘llab-quvvatlashni akslantiradi, ya’ni to‘lov balansi 
saldosi nolga teng (BP=0) holatga muvofiqdir.
Egri chiziqning musbat og‘ishi quyidagicha tushintiriladi. 
Boshlang‘ich E nuqtada ichki va tashqi muvozanatga erishilgan bo‘lsin. 
Davlat xarajatlari (G) ning o‘sishi E nuqtadan o‘ng tomonga siljishi bilan 
akslantiriladi, masalan A nuqtagacha. Buning natijasi daromadning 
68
Мэнкью Н.Г. 
Макроэкономика. Гл. 13. 
4

o‘rniga davlat budjeti saldosi ishlatilishi mumkin. 
69
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 
2015 


130 
o‘sishi bo‘ladi, bu importning o‘sishiga olib keladi, savdo balansi 
defitsini vujudga keltiradi (bu joyda fiskal siyosatning kiska muddatli 
oqibatlarigina karalmoqda va valuta zaxiralarining keyingi o‘zgarishlari 
pul taklifiga ta’siri qilmaydi).
Ichki muvozanatning grafik tasvirini (12.2-rasm), ya’ni to‘la bandlik, 
ishlab chiqarish potensial hajmi va inflatsiyaning yukligini qaraymiz. E 
nuqtada ham ichki va ham tashqi muvozanatga (turg‘unlikka) erishilsin. 
Agar hukumat G xarajatlarini oshirsa, u holda daromad, keynsian 
nazariyasiga ko‘ra multiplikator samarasi bilan ortadi. E nuqtadan A 
nuqtaga siljish, ya’ni bu o‘sishni akslantiruvchi siljish, muvozanat 
nuqtasidan ortiqcha talab hududiga ko‘chishni anglatadi, unda ortiqcha 
daromad (to’la bandlik darajasidan yuqori holat) inflatsion bosimni 
vujudga keltiradi. Endi ichki turg‘unlikni tiklash uchun talabni 
qisqartirish maqsadida pul massasi miqdorini kamaytirish, R ni oshirish 
zarur. Grafikda bu holat A dan D
 
nuqtaga harakat orqali tasvirlangan, 
unda daromad resurslar to‘la bandlikga qaytadi va ichki muvozanat 
tiklanadi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin