Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

11.6. Valuta siyosati 
11.6.1. Valuta siyosati tushunchasining mazmuni 
Valuta siyosati – bu valuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga 
solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarning yig‘indisidir.
Valuta siyosatining ikki shakli mavjud: 
1. Diskont siyosati 
2. Deviz siyosati 
Diskont siyosati – bu Markaziy bankning diskont stavkasini 
o‘zgartirish orqali milliy valutaning nominal almashuv kursiga va to‘lov 
balansiga ta’sir etish siyosatidir.


125 
Markaziy bankning diskont stavkasi – bu Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklariga va hukumatga beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Deviz siyosatining shakllari: 
1. Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish 
2. Devalvatsiya 
3. Revalvatsiya 
4. Valutaviy cheklashlar 
Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish –bir vaqtning o‘zida bir 
nechta xorijiy valutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi.
Devalvatsiya – bu milliy valutaning xorijiy valutalarga nisbatan 
qadrsizlanishidir.
Revalvatsiya - bu milliy valutaning xorijiy valutalarga nisbatan 
qadrining oshishidir.
Valutaviy cheklashlar – bu joriy valuta operatsiyalari va 
kapitallarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan 
cheklovlarning joriy qilinishidir.
11.6.2. Hukumatning valuta siyosati 
Hukumat o‘zining valuta siyosati doirasida milliy valuta bozorini 
rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish, valuta 
nazorati tizimini takomillashtirish maqsadlarini ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab joriy valuta 
operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. Chunki, 2003 yil 8 
oktyabrda O‘zbekiston hukumati Xalqaro valuta fondi nizomining VIII-
moddasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qildi.
Xalqaro valuta tizimi evolyusiyasi jarayonida, vaqt o‘tishi bilan 
«konvertatsiya qilinishi» tushunchasi ham o‘zgarib bordi. Hozirgi vaqtda, 
valutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi - qat’iy 
belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo‘yicha uni xalqaro zahira 
valutalaridan biri (AQSh dollari, Yevro va sh. k. )ga konvertatsiya qilish 
xuquqiga ega bo‘lishiga - valutaning «to‘liq konvertirlanishi» deyiladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin