130
o‘sishi bo‘ladi, bu importning o‘sishiga
olib keladi, savdo balansi
defitsini vujudga keltiradi (bu joyda fiskal siyosatning kiska muddatli
oqibatlarigina karalmoqda va valuta zaxiralarining keyingi o‘zgarishlari
pul taklifiga ta’siri qilmaydi).
Ichki muvozanatning grafik tasvirini (12.2-rasm), ya’ni to‘la bandlik,
ishlab chiqarish potensial hajmi va inflatsiyaning yukligini qaraymiz. E
nuqtada ham ichki va ham tashqi muvozanatga (turg‘unlikka) erishilsin.
Agar hukumat
G xarajatlarini oshirsa, u holda daromad, keynsian
nazariyasiga ko‘ra multiplikator samarasi bilan ortadi.
E nuqtadan A
nuqtaga siljish, ya’ni bu o‘sishni akslantiruvchi siljish, muvozanat
nuqtasidan ortiqcha talab hududiga ko‘chishni
anglatadi, unda ortiqcha
daromad (to’la bandlik darajasidan yuqori holat) inflatsion bosimni
vujudga keltiradi. Endi ichki turg‘unlikni
tiklash uchun talabni
qisqartirish maqsadida pul massasi miqdorini kamaytirish, R ni oshirish
zarur. Grafikda bu holat A dan D
nuqtaga
harakat orqali tasvirlangan,
unda daromad resurslar to‘la bandlikga qaytadi va ichki muvozanat
tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: