128
harakati balansini yaxshilaydi, ma’lum bir darajada savdo balansining bir
butun to‘lov balansiga salbiy ta’sirini neytrallashtiradi.
Pul-kredit
siyosatining to‘lov balansiga ta’siri
fiskal siyosatga
nisbatan ancha aniqroq bo‘ladi. Pul taklifining o‘sishi foiz stavkasini
pasaytiradi va iqtisodiyotga ta’sir qilishning ikki kanaliga ega. Arzon
pullar xarajatlarni, shu jumladan import xarajatlarini oshiradi (ayniqsa
talab inflatsiyasi tufayli narx oshishi mumkinligi), bu
esa savdo balansini
yomonlashtiradi.
Ikkala holatda ham yani kengaytiruvchi fiskal va kengaytiruvchi pul
siyosatida daromad orqali ta’sir kursatish to‘lov balansining
yomonlashuviga olib kelsa, foiz stavkasi orqali ta’sir esa turlicha bo‘lishi
mumkin va ko‘pincha kapitalning mobillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: