129
qaraladi. Bunday model valuta kurslarining turli tizimlari – qayd etilgan
va suzuvchi tizimlari, shuningdek kapital mobilligi turli darajalari uchun
yasaladi. Mukammal kapital mobilligiga ega
kichik ochiq iqtisodiyot
Mandell - Fleming modeli yordami bilan tahlil qilinishi mumkin
68
.
Iqtisodiy siyosat uchun aniq amaliy tavsiyalar
nuqtai nazaridan bu
mammoga yondoshish boshqacha tarzda ham bo‘lishi mumkin (yani
ko‘rsatilgan modellarga nisbatan ancha sodda ko‘rinishda).
Bunday yondoshuvlar variantlaridan birini qaraylik, u ko‘pincha
hukumat qayd etilgan valuta kursini qo‘llagan
holatda ichki va tashqi
muvozanatga bir vaqtda erishish uchun ishlatiladi.
Bu yondoshuvning grafik tasviri shundayki, koordinatalar o‘qlarida
siyosatning ikki asosiy vositasi beriladi, ular ikki qo‘yilayotgan (ichki va
tashqi muvozanatdan iborat) masalani yechish uchun ishlatiladi: davlat
xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi (R).
Dostları ilə paylaş: