Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


To‘lov balansining defitsiti va uni qoplash usullari



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

11.4. To‘lov balansining defitsiti va uni qoplash usullari 
To‘lov balansining defitsiti deganda uning joriy operatsiyalar balansi 
hamda kapitallar va kreditlarning harakati balansi bo‘yicha to‘lovlarning 
tushumlardan katta bo‘lishiga aytiladi. Shu sababli, to‘lov balansining 


117 
defitsiti summasi mamlakat Markaziy banki tomonidan xorijiy valutalarni 
sof sotish summasiga teng.
To‘lov balansi defitsitini qoplashning ikki usuli mavjud: 
1. Vaqtinchalik usul.
Vaqtinchalik usulga quyidagilar kiradi: 
- xalqaro kreditlar jalb etish; 
- xorijiy investitsiyalarni jalb etish; 
- oltinni garovga qo‘yish yo‘li bilan xalqaro kreditlar olish.
2. So‘nggi usul.
So‘nggi usulga quyidagilar kiradi: 
- oltinni sotish; 
- rasmiy valuta zaxiralarini ishlatish.
To‘lov balansining defitsitini kamaytirishda davlat budjet-soliq va 
pul-kredit siyosatidan foydalanadi.
Budjet – soliq siyosati doirasida, odatda, quyidagi tadbirlar to‘lov 
balansining defitsitini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi: 
- eksportyorlarga budjet subsidiyalari berish; 
- import qilinadigan tovarlarga nisbatan belgilangan boj solig‘i 
stavkalarini oshirish.

investorlarning qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foizli 
daromadlarini soliqqa tortmaslik.
Pul-kredit siyosati doirasida Markaziy bankning hisob stavkasini 
oshirish yo‘li bilan xorijiy valutadagi mablag‘larni mamlakatga kirib 
kelish hajmini oshirish usulidan keng foydalaniladi.
 
11.5. Valuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar 
11.5.1. Valuta kursi 
Valuta kursi valuta bozori (foreign exchange market)da milliy 
valutaga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi nisbat orqali o‘rnatiladi. 
11.5a- rasmda u tasvirlangan bo‘lib, bunda e – dollarning valuta kursi, 
ya’ni yuanlarda ifodalangan 1 dollar narxi, D – dollarga bo‘lgan talab egri 
chizig‘i, S - dollarning taklif egri chizig‘i. Valuta (dollar)ga bo‘lgan talab 
egri chizig‘i pastga qarab yo‘nalgan, chunki dollarning valuta kursi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, ya’ni yuanlarda dollarning narxi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, xitoyliklar 1 dollarga shunchalik ko‘p yuanlarini 
sarflashlari kerak bo‘ladi va ular tomonidan dollarga bo‘lgan talab 
miqdori kamayadi.


118 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin