116
- xorijiy davlatlar hududida
harbiy qismlar saqlash;
- ilmiy-texnik va ishlab chiqarish borasidagi tajribalarni o‘zaro
almashinish;
- madaniy aloqalar
- xalqaro kreditlarga foiz to‘lash;
- xorijiy investitsiyalarga dividendlar to‘lash;
- boshqalar.
Transfertlar balansida bir tomonlama to‘lovlar, ya’ni transfert
to‘lovlari aks ettiriladi.
Transfertlar balansida ikki turdagi to‘lovlar o‘z aksini topadi:
1. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar –
boshqa
mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va xalqaro tashkilotlarga
badallar to‘lash.
2. Xususiy pul o‘tkazmalari.
Kapitallar va kreditlarning harakat balansida
tadbirkorlik va ssuda
kapitalining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar va to‘lovlar
summasi aks etadi.
Tadbirkorlik kapitali ikki shaklda mavjud bo‘ladi:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.
2. Xorijiy portfelli investitsiyalar.
Ssuda kapitalining harakati xalqaro kreditlarning muddatiga ko‘ra
tasniflanadi va to‘lov balansining ushbu bo‘limida ikki shaklda mavjud
bo‘ladi:
1. Qisqa muddatli xalqaro kreditlar (1 yilgacha muddatga ega bo‘lgan
xalqaro kreditlar).
2. Bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar.
Oltin-valuta zaxiralarining harakat balansi rasmiy oltin-valuta
zaxiralarining o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Rasmiy oltin-valuta zaxiralariga quyidagilar kiradi:
- oltin;
- xorijiy valutadagi
zaxiralar;
- xalqaro hisob birliklari.
Dostları ilə paylaş: