108
R = A/b - (1/k
A
b)Y
Koeffitsient b > 0 va uning oldida «manfiy» ishora bo‘lganligi
sababli IS egri chizig‘i quyiga qarab yo‘nalgan.
10.3. LM egri chizig‘i va uning yasalishi
Pul bozoridagi muvozanatni LM egri chizig‘i (liquidity preference -
money supply) belgilab beradi va u pulga bo‘lgan
talab taklifga teng
bo‘lgandagi Y va R ning barcha mumkin bo‘lgan nisbatlarini ko‘rsatib
beradi. Pul deganda odatda M1 pul agregati tushuniladi, u o‘z ichiga naqd
pullar va joriy hisoblardagi mablag‘lar (demand deposits –hisobdagi
cheklar)ni oladi, ularni esa istagan vaqtda naqd pullarga aylantirish
mumkinligi bizga ma’lum.
LM egri chizig‘ini hosil qilinishi asosida keynscha
likvidlilikni afzal
ko‘rish nazariyasi yotadi, u qanday qilib real pul mablag‘lari zahiralari
(real money balances)ning talab va taklifi nisbati foiz stavkasini belgilab
berishini tushuntirib beradi. Real pul mablag‘lari zahiralari narxlar
darajasi o‘zgarishini hisobga olib to‘g‘rilangan (korrektirovka qilingan)
nominal zahira bo‘lib, u M/Rga teng bo‘ladi.
Likvidlilikni afzal ko‘rish nazariyasiga
muvofiq real pul
mablag‘larining taklifi (M/R)
S
o‘zgarmas bo‘lib, u naqd pullar - C miqdori
va zahiralar R, ya’ni pul bazasi (N - high powered money; N = C + R)ni
nazorat qiluvchi organ – MB tomonidan belgilanadi. Pul taklifi ekzogen
kattalik bo‘lib va u foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun grafikda
vertikal chiziq ko‘rinishida tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: