Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy muvozanat modeli



Yüklə 388,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix13.04.2023
ölçüsü388,26 Kb.
#97038
  1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu. Ma\'ruza matni




7-MAVZU. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA 
MAKROIKTISODIY MUVOZANAT MODELI 
 
Reja: 
7.1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 
7.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
7.3. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish 
mexanizmi. 
7.4. Avtonom xarajatlar multiplikatori. 
7.5. Retsession va inflatsion uzilish 
 
7.1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati 
nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko„ra 
iqtisodiyotda faqatgina to„liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo„lishi
mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko„ra 
mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub‟ektning ishlab chiqarishi bir 
vaqtning o„zida boshqa sub‟ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. 
Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo„ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko„ra 
AD ≠ AS holati ro„y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya‟ni 
AD< AS holati ro„y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi 
dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab 
chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib 
kelmaydi. 
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi 
resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi 
hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib
turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor 
iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to„liq bandlilgini ta‟minlab turadi. 
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o„ziga xos xususiyati pulning 
neytralligi prinsipini ko„zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga 
hech qanday ta‟sir ko„rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar 
modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya‟ni oldi-sotti 
jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko„ra 
klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik
dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida 
amal qiladi, ular o„rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali 
ta‟minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg„armalar tengligini hamda to„liq bandlik 
sharoitini ta‟minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik 
bo„lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat 
nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. 
Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg„arilishi yalpi talabning yalpi 
taklifni qoplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg„arilgan 
so„m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta‟kidlashadi. 



Agarda, tadbirkorlar uy xo„jaliklarining jamg„armalari miqdorida investitsiya 
qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo„lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta‟kidlashlaricha, kapitalizmning o„ziga xos pul bozori 
mavjud va bu bozor jamg„arma va investitsiyalarning tengligini ta‟minlaydi. Bunda 
tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o„taydi (7.1-rasm). 

Yüklə 388,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin