7.4-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi inflatsion
uzilish.
ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori
miqdori
YaIMni to„liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi
talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo„lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko„p
bo„lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda
inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda
yalpi talab hajmining yalpi
taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo„lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM
hajmlari o„rtasida inflatsion uzilish ro„y beradi (7.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf
qilish
uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash
zarur.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi.
Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY) qisqarish quyidagicha
bo„ladi:
ΔY=Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori
miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab-
yalpi taklif modelini
qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo„lib, uning
xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o„laroq bu
modelda baholar darajasi va ish haqi o„zgarmas miqdorlar hisoblanadi.
Ayni shu
sababga ko„ra tovar moddiy zahiralarining o„sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo„ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Makroiqtisodiy muvozanat to„g„risida klassik nazariyaning mohiyatini
tushuntirib bering.
2. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi
mohiyati nimada va
klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?
9
3. Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
4. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta‟rif bering.
5. Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta‟minlovchi
mexanizmga izoh bering.
6. Multiplikativ samara nima sababdan ro„y beradi.
7. Retsession uzilish qanday vaziyatlarda ro„y beradi
va u qay tariqa bartaraf
qilinadi?
8. Inflatsion uzilish qanday vaziyatlarda ro„y beradi va u qay tariqa bartaraf
qilinadi?