4
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o„zgarish miqdorini
bunga sabab bo„lgang„ daromadlardagi o„zgarish miqdoriga bo„lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o„zgarishi;
ΔY - daromadlarning o„zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki,
bunda
iste‟molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo„lgan
xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu
mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog„liq bo„lmaydi,
balki
tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o„zgarishiga bog„liq
bo„ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o„zgarishi bilan sof
eksport (Xn) o„rtasidagi bog„liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus
ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko„rib
chiqish jarayonini
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o„zgarishiga bog„liq
emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to„lig„icha avtonom xarajatlar
miqdoriga qo„shiladi, ya‟ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig„indiga teng deb
olinadi.
Dostları ilə paylaş: