2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi: mavzu rejasi va asosiy tushunchalar bilan tanishib chiqishni taklif qiladi.
2.2. «Aqliy hujum» metodini qo‘llab, mavzu bo‘yicha tanish tushunchalarni aytishlarini taklif qiladi (2-ilova). Barcha takliflarni doskaga yozib boradi
2.3. Namoyish qilish va izohlash yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni beradi. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini tushuntiradi
Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. Talabalarning e’tiborini asosiy tushunchalarga va ahamiyatli tomonlariga jalb qiladi.
2.4. Doskada qayd etilgan asosiy tushunchalarga qaytishni taklif qiladi. Talabalar bilan hamkorlikda tushunchalar ro‘yxatini aniqlashtiradi, qaytarilganlarini olib tashlaydi, mavzuga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni olib tashlaydi hamda qayd etilmagan zarur tushuncha va atamalarni qo‘shadilar (yozadilar).
3.1. Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar qiladilar. Faoliyat natijalarini izohlaydi. Mazkur mavzu bo‘yicha egallangan bilimlar kelajakda qayerlarda qo‘llanilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
3.2. Talabalar faoliyatini va belgilangan o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) bo‘sh sxemalarni to‘ldirish; (2) savollarga og‘zaki javob topib kelish.
Savollar beradilar, tinglaydilar. O‘zaro baholashni o‘tkazadilar