Maxsus fanlarni


O‗quv xonalarini o‗qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
23887 (1)

O‗quv xonalarini o‗qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda 
quyidagi texnik - pedagogik talablar qo‗yiladi: 
 
 
3.6 - rasm 
Ta‘lim - tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish, avvalo, 
didaktik 
prinsiplarga 
amal 
qilishni 
ko‗zda 
tutadi. 
Masalan, 
ko‘rsatmalilik prinsipi real obekt bilan mavhum tasavvurning birligini 
ifodalaydi. Real obekt yoki uning tasvirini ko‘rish (idrok etish) inson 
uchun uni bilishning dastlabki va eng oddiy aksi hisoblanib, aniq 
tasavvurlar va mavhum tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini 
o‘taydi. 
Ta‘lim - tarbiya ishida ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish 
zaruriyati insonning fikrlash xususiyatidan kelib chiqadi. Insonning 
fikrlash xususiyati ma‘lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha 
va mavhum qonun-qoidalar aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning 
mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi. Inson tafakkurining 
•Oddiy, arzon, xavfsiz, 
uzoq muddat buzilmay 
ishlashi. 
•O‗quv xonasining 
istalgan joyidan yaxshi 
ko‘rish va eshitish 
imkoniyatining 
mavjudligi. 
•O‗quv xonasida, 
shovqin, yorug‗lik, 
namlik kabilar 
me‘yorini ta‘minlash. 
•O‗quv xonalarini 
o‗qitishning texnik 
vositalari bilan 
jihozlashda o‗quv 
jarayonida ulardan 
majmuaviy 
foydalanishni hisobga 
olish zarur. 


76 
rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi kabilarga bog‗liq bo‗lib, 
ta‘lim - tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va obrazlardan 
ajralib qolmasligiri talab etadi. 
Shu o‗rinda ko‘rsatmali qo‗llanmadan foydalanish maqsad 
bo‘lmay, balki natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur. 
Ko‘rsatmali qo‗llanmalardan foydalanishda o‗quv materialining 
mazmuni va vaqtini hisobga olish zarur. Mashg‗ulotda ko‘rsatmali 
qo‗llanmalardan haddan tashqari ko‗p foydalanish ham yaxshi natija 
bermaydi. Namoyish qilinayotgan materiallarni idrok etish jarayonida 
tahsil oluvchilar sezgi organlarini (ko‘rish, eshitish, hidlash, ta‘m bilish) 
ko‗proq jalb etish zarur. o‘qituvchining so‗zi bilan ko‘rsatmalilikning 
uyg‗unligi 
katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatmali 
qo‗llanmadan 
foydalanilganda beriladigan izoh tahsil oluvchilar diqqat-e‘tiborini 
asosiy materiallarga qaratilishini ko‗zda tutadi. 
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad maxsus 
soha va usullarga mos holda tanlash muhim o‗rin tutadi. Eng muhimi 
shundaki, amaliyot o‘qituvchisi o‗quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata 
olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni 
bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan 
texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim. Masalan: tikuv 
mashinasi ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlarni bartaraf eta bilishi, asosiy 
sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira olishi kerak, 
ya‘ni o‗z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi lozim. Amaliyot 
o‘qituvchisi o‗z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday 
yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o‗zi 
yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega 
bo‘lishi lozim. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin