78
Yakka, xususiy, mustaqil mashg‗ulotlarning asosiy maqsadi
mashina
qismlarini loyihalashda, talabani ijodiy mehnat faoliyatiga
tayyorlashdan iboratdir. Texnika sohasi bo‗yicha
tayyorlanayotgan
bakalavr konstruktorlarni yetishtirish bosqichida o‗qitish va ijodiy
fikrlash psixologiyasini nazarda tutib konstruktorlikka
oid ishlarni
bajarishdagi ijodiy izlanish-qidiruvlar yo‗lini bila turib konstruktorlikka
oid ishlarni bajarishga o‗rgatish, hozirgi zamon mutaxassislarni
tayyorlashdagi
o‗ziga xos
muammolaridan
biri
hisoblanadi.
Konstruktorlikka oid ishlarni bajarishda ko‗chirmakashlikka
barham
berish va loyihalash ishlarini olib borishda jamiyat va tabiat qonunlariga
tayanish oliy texnika o‗quv yurtlari oldida turgan vazifalardan biridir.
Loyihalashda ijodiy konstruktorlik prinsipiga o‗tish uchun, mazkur
ma‘ruzaning muallifi, mashina qismlarini loyihalashda ikkita metodikani
qo‗lladi. Birinchi metodikada talabalarga
kompyuter qismlarining
mikrosxemasi beriladi va uning asosida berilgan qismning tuzilmasini
chizish
talab
etiladi.
Ikkinchi
usulda
talabalarga
kompyuter
tuzilmasining biron-bir qism tuzilmasi
beriladi va uning kinematik
sxemasini chizish talab etiladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, mazkur ishni
talaba tayyorlanmasdan bajarishi amri mahol. Shuning uchun talaba o‗z
ustida mustaqil ravishda ishlay boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: