79
muloqot qilish imkoniyatlarini ta'minlaydi. Bunda o‗qitish
jarayoni
o‗quvchilarning ham hududiy, ham vaqt bo‗yicha joylashishiga bog`liq
bo‗lmaydi.
Masofaviy o‗qitishning axborot - ta‘lim muhiti o‗z ichiga
axborotlar, axborot rеsurlari, o‗zaro munosabatlar protokollari, apparat -
dasturlar va tashkiliy uslubiy ta'minotlardan
iborat tizimli-tashkiliy
to`plam vositalarini oladi hamda foydalanuvchilarning ta‘limga bo‗lgan
ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo`naltiriladi.
Masofaviy o‗qitish an'anaviy o‗qitish shakllaridan quyidagi
xaraktеrli xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Moslashuvchanligi.
Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda va sur'atda
shug`ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan
vaqtning
chеgaralanmaganligi.
Modulliligi.
Mustaqil fanlar kurslaridan-modullardan individual yoki
guruh ehtiyojlariga javob bеradigan o‗quv rеjalarini shakllantirish.
Parallеllik.
Kasbiy faoliyati yoki boshqa o‗quv yurtlaridagi o‗qishi
bilan parallеl holda ta‘lim olish.
Qamrab olish.
Bir vaqtning o‗zida o‗quv axboratlarining bir qancha
manbalariga (elеktron
kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari
va h.k.), o‗quvchilarning ko`pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to`rlari
orqali bir-birlari va o‗qituvchilar bilan muloqotda bo‗lishi.
Iqtisodiyligi.
O‗quv xonalari, tеxnika
vositalaridan samarali
foydalanish, o‗quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan
holda taqdim qilish va unga multi erishish o‗quv jarayonlarini tashkil
etish harajatlarini kamaytirish.
Tеxnologiyaliligi.
Ta‘lim jarayonida axborot va tеlеkommunikatsiya
tеxnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan
foydalanish insonni
jahon axborotlar olamiga kirib bеrishini ta'minlaydi.
Ijtimoiy tеnglik.
O‗quvchining qaеrda yashashidan, sog`lig`ining
holati, va moddiy ta'minlanganligidan qat'i nazar, ta‘lim olish
imkoniyatidagi tеnglik.
Intеrnatsionallik.
Ta‘lim xizmati bozorida jahon yutuqlarining
eksport va importi.
O‗qituvchining yangi o`rni. Masofaviy ta‘lim o‗qituvchining o`rnini
kеngaytiradi va yangilaydi, bilm olish
jarayonini muvofiqlishtiradi,
o‗qitiladigan kurslarni doimo takomillashtiradi, ijodiy faolligi va
80
mutaxasisligi bo‗yicha yangiliklar va innovatsiyalarga bo‗lgan talabi
mos ravishda ortib boradi.
Masofadan o‗qitishning sifati ta‘lim
olishning kunduzgi shakli
sifatida, ko‗zga ko`ringan o‗qituvchi kadrlar tarkibini jalb qilish va
o‗quv jarayonlarida eng yaxshi o‗quv-uslubiy ishlar va fanlar
bo‗yicha nazorat tеstlaridan foydalanish hisobiga qolishmaydi.
Dostları ilə paylaş: