Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
23887 (1)

Bolalar xonasi.
Imkon bor yerda bolalar uchun alohida yorug‗, 
oftob tushadigan xona ajratiladi. Uni bolalar yoshiga qarab jihozlanadi. 
Bolalarning serharakatligi inobatga olinib, ularning o‗yiniga kengroq joy 
ajratiladi. Bu xonada ortiqcha narsalar bo‗lmagani ma‘qul. Kunduzi 
yig‗ishtirib qo‗yiladigan karavotlar qo‗yilsa, xona yana ham keng bo‗lib, 
bolalar bemalol o‗ynashiga sharoit yaratiladi. Farzandlarning yoshi, 
jinsiga qarab aksariyat otalar bolalar xonasiga mos ikki qavatli karavot 
yoki rom oldiga yig‗ma stol yasab yoki burchakni bolalarning dars 
tayyorlashiga mos qilib uchburchak stol yasab beradilar. Xonani 
jihozlashda bolalarning o‗zlari ishtirok etsalar yana ham chiroyli bo‗ladi. 
O‗smirlarning xonasi o‗zlariga mos qilib jihozlanadi. Ularning dars 
tayyorlashi uchun yozuv stoli, sekreterlardan foydalansa bo‗ladi. Kichik 
yoshdagi maktab o‗quvchilari uchun parta shaklidagi kichik stolchalar 
yaxshi bo‗ladi. Yozuv stoli deraza yaqiniga qo‗yilsa, dare tayyorlash, 
rasm chizish, kitob o‗qish uchun qulay. 
Bolalar xonasi an‘anaviy bolalar mebeli bilan jihozlanishi mumkin. 
Divan-karavotdan 
tashqari 
kitob, 
kiyim-kechak, 
o‗yinchoqlar 
saqlanadigan shkaf qo‗yish lozim. Bolalar xonasiga kichik yoshdagi 
bolalar uchun kichik hajmli sport anjomlari, masalan, devorga 
narvoncha o‗rnatish mumkin. Bolalar xonasi yorqin, quvnoq kayfiyat 
yaratadigan bo‗lishi uchun ular yoshiga mos rangli plakatlar, geografik 
xaritalar, taqvimlar, fotosuratlar bilan bezalsa yana ham yaxshi.
Ish xonasi (kabinet). 
Ish (ijod) xonasi ish stoli, kreslo, kitob javoni 
va taxta tokchalar bilan jihozlanadi. Kabinetdagi ish stoli yuzasining 


90 
o‗lchami 140x70 sm dan oshmasligi kerak. Ish stolida ish uchun kerakli 
bo‗lgan narsalar turadi. Stolning o‗ng va chap burchagiga egasining 
ishiga yordam beradigan kartoteka qutichalari, ma‘lumotnoma, 
adabiyotlar, stol taqvimini joylashtirish qulay. Ish stoli qog‗oz va mayda 
jihozlar saqlaydigan bo‗limlardan tashkil topadi. Surilma tumba va 
tortmalardan iborat bo‗lgan ish stoli juda qulay. Telefon stolning o‗ziga 
emas, balki uning yon tomoniga joylanadigan taglik yoki tumbaga 
o‗rnatish ma‘qul. Agar xona kattaroq bo‗lsa, ish stolining chap tomoniga 
o‗lchami kichikroq qo‗shimcha stol o‗rnatiladi. Unga yozuv 
mashinkasini qo‗yish mumkin (yozuv mashinkasi uchun qo‗yilgan stol 
balandligi ish stoli baland-ligidan 5—8 sm past bo‗lishi kerak). 
Ishlayotganda o‗tirish uchun aylanma stul yoki kreslo tavsiya etiladi. 
Yorug‗likning ish joyiga to‗g‗ri tushishi katta ahamiyatga ega. 
O‗qiyotganda yoki ish qilayotganda faqat ish stoligina yoritilib qolmay, 
balki xonaning hamma qismi yoritilgan bo‗lishi kerak. Ish xonasiga 
kreslo, divan, jurnal stoli qo‗yib, dam olish uchun joy ajratsa ham 
bo‗ladi. Bu xonadan ijod va ilmiy ishlar bilan shug‗ullanish uchun 
foydalaniladi. Devorga qoqib o‗rnatiladigan shkaflar ish stoli yuzasidan 
55 sm balandga joylashtirilishi lozim. Agar shkaf pastroq joylashtirilsa, 
ishlayotganda xalal beradi, balandroq joylashtirilsa, yuqori tokchalardan 
foydalanishda noqulaylik tug‗diradi. 
Yumush paytida zarur sharoit yaratish, mahsulotlar va idishlarni 
saqlash uchun oshxonada bitta asosiy ish stol-shkafi bo‗lishi kerak. Agar 
oshxona kattaroq bo‗lsa 80—90 sm uzunlikdagi ish stol-shkafi bo‗lgani 
ma‘qul. Stol-shkaflardagi ko‗chma tokchalar oshxona anjomlarini 
saqlash uchun ancha qulay, chunki ularni idishlarning katta-kichikligiga 
qarab turlicha balandlikda joylashtirish mumkin. Jihozlari burchak 
shaklida joylashtiriladi-gan oshxonalar uchun maxsus stol-shkaflar 
bo‗lib, ular birlashtirilganda burchak shaklida stol hosil bo‗ladi. Bunday 
stollarda vertikal o‗q atrofida aylanadigan tokchalar bo‗ladi. Tortmali 
stol-shkaflar ham foydalanish uchun juda qulay. Stol-shkafning 
suriladigan 1 ta yoki 2 ta taxtachasi bo‗lgani yaxshi. Bunday 
taxtachaning biri stol qopqog‗i ostida joylashgan bo‗lib, unda 
mahsulotlar to‗g‗raladi. Ikkinchi taxtacha tortma tagiga poldan 65 sm 
balandlikda o‗rnatiladi, oddiy kursiga o‗tirib unda yumush qilish qulay. 
Stol tortmalarini pichoq, vilka, qoshiqlar va oshxonada ishlatish uchun 
kerakli turli mayda buyumlarni qo‗yishga moslashtirilgan alohida 


91 
qismlarga bo‗lib qo‗yish yoki plastmassa idishlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Ish stolining usti pishiq, issiqqa chidamli, oson 
tozalanadigan bo‗lishi kerak. Shuning uchun ish stolining usti qat-qat 
plastika bilan qoplangani yaxshi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin