Maxsus fanlarni


Aralash ta‘lim modeli (Blended learning)



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
23887 (1)

Aralash ta‘lim modeli (Blended learning) 
 
Talaba yosh bo‘lsa demak, uni oddiy usulda o‗qitish kerak, degan 
fikr noto‘g‗ri, albatta. Avstraliyalik ish beruvchilar online va blended 
learning usulida ta‘lim olgan talabalarni ko‗proq ishga olishar ekan. 
Chunki ular, nafaqat kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishar ekan
balki ularda mustaqil shug‗ullanish va hamkorlikda ishlash ko‗nikmalari 
kuchli rivojlangan bo‘lar ekan. Shu sababli, ba‘zi AQSh va Evropa 
davlatlarida maktab va kollejlarni blended learning tizimiga o‘tkazishga 
qiziqish tobora ortmoqda. Uning o‗ziga xosliklari quyidagicha. 
Online muloqot. Bu yangi turdagi muloqot hisoblanadi. Ular 
odatda chat, forum, e-mail shaklida bo‘ladi. Ular orqali talabalar o‗zaro 
muloqot qilishadi va hamkorlikda ishlashadi. O‘qituvchiga hohlagan 
vaqtda savol berish va qisqa muddatlarda javob olish imkoni bo‘ladi. 
Bilim olishda boshqa talabalar bilan maslahatlashib ishlash juda katta 
yutuqlarga olib keladi. 
Audio va video ma‘ruzalar, animatsiya va simulyatsiyalar. Bular 
aralash ta‘limni yanada oddiy, boy va qiziqarli qiladi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar, blended learningning o‘ta 
moslashuvchan tizim ekanligini ko‘rsatmoqda. Demak, talaba 2-
sentabrda darsga kelib o‘qituvchi bilan ko‘rishadi va fanning kirish 
darsida ma‘lumotlarni elektron shaklda oladi. Adabiyotlar ro‘yxati 
o‘rniga web-sayt manzilini hamda login va parollarni oladi. 
Ma‘ruza darsida ma‘lumotlar qisqa beriladi va havola etilgan 
manbalarda juda ko‗plab qiziqarli materiallar, sinov va imtixonlarni 
topshirish uchun zarur topshiriqlar bo‘ladi. Ma‘ruzalar asosan 
PowerPoint taqdimotlari shaklida bo‘ladi. 
Faol talaba (Active Student) tushunchasi blended learning 
tuzilmasining eng zarur elementi hisoblanadi. Hozirda bunday atama 
bilan Evropada blended learning tizimida o‘qiydigan talabalarni 


86 
atashadi. Bunday modellarda o‘qiydigan talabaning faoliyati taxminan 
50% mustaqil ishdan (materialni o‗zlashtirish, forum va chatlarda 
ishlash, e-mail orqali muloqot va h.k.) iborat bo‘ladi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin