84
universitet
kompyuter va kommunikasiyalar, radiotelefon va axborot
tarmoqlari, dasturiy ta‘minot va elektron
kommersiya soxasiga zarur
bo‗lgan mutaxasislarni tayyorlamoqda. Ushbu va boshqa oliy ta‘lim
muassasalari tomonidan ko‗plab ta‘lim soxasiga tegishli yangi dasturlar
va elektron kitoblar yaratilmoqda.
Elektron ta‘lim modeli
Internet paydo bo‘lishi bilan sirtqi ta‘lim elektron ko‗rinishga
o‘tdi. Bunday tizimda talaba to‘liq Internet orqali o‘qiydi. Talaba deyarli
universitetga kelmaydi, faqat yakunida baho olish uchun keladi. Bunday
o‘qish modeli katta yoshli, uzoq masofadan kelgan talabalar uchun juda
qulay.
Elektron ta‟limning an‟anaviy ta‟limdan farqli jihatlari
quyidagilar:
3.11 - rasm
Talabaga
kamroq tushuntiriladi, talaba ko‗proq mustaqil
shug‗ullanadi;
O‘qituvchi va boshqa talabalar bilan
muloqot cheklanmagan
bo‘ladi;
Asosiy muloqot vositalari – chat, forum va elektron pochta.
Shuningdek, ―virtual elektron sinf‖ ham mavjud;
O‘qituvchi ma‘ruza o‘qishi, virtual seminarlar o‘tkazishi mumkin;
Guruhli mashg‗ulotlarga jiddiy e‘tibor qaratiladi, chunki talaba
o‗zini kompyuterga mixlangandek his qilmasligi va hamkorlikda
ishlash ko‗nikmalarini
egallashi kerak;
Fan materiallari interfaol shaklda: matn, audio, video shaklida
beriladi, bu materiallar turli rasmlar, grafiklar, sxemalar,
animatsiyalar,
simulyatsiyalar, fotolar, manbalarga havolalar bilan
to‘ldiriladi.
85
Elektron o‗quv modeli ancha moslashuvchan hisoblanadi.
Transport, vaqt, joy muammolari deyarli yo‘q. O‗quv materiali o‘ta aniq
tuzilgan bo‘ladi (chunki talaba mustaqil ravishda o‗zi shug‗ullanadi).
Agar topshiriqlar belgilangan muddatgacha
topshirilmasa talaba
o‘qishdan haydaladi. O‗zini o‗zi nazorat qilish va o‗z ishini tashkil qilish
ko‗nikmalari juda muhim. Asosan katta yoshlilar uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: