Maxsus fanlarni


O‗qitishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
23887 (1)

O‗qitishning maqsadi va vazifalari
- o‗qitish metodini yagona ravishda 
aniqlamaydi. Ma‘lum bir mazmun bir necha metod bilan o‗rganilishi mumkin. 
Bunda albatta har bir metod yordamida o‗qitish maqsadlariga erishiladi.
O
‗qitish metodlari ko‗p qirralidir -
shu sababli ham ularni ko‗plab 
tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar 
bo‗yicha jamlanadi. 


93 
O‗qitishning qiziqtiruvchi metodlari.
Ma‘lumki, informatika 
o‗quv predmetining asosiy vazifasi o‗quvchilarni zamonaviy 
informatikaning ba‘zi bir umumiy g‗oyalari bilan tanishtirish, 
informatikaning amaliyotdagi tatbig‗ini va kompyuterlarning zamonaviy 
hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni 
hisobga olgan holda, o‗quvchilarga nafaqat faktlarning qat‘iy ilmiy 
bayonini berish, balki o‗qitishning turli qiziqarli metodlarini ham 
qo‗llash lozim.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida 
o‗zgarmay kelgan holatlarni o‗zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat 
yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan 
almashinishida namoyon bo‗ldi. 
Endilikda esa ta‘lim tizimida ta‘lim olishning an‗anaviy shakllari 
o‗rniga masofaviy ta‘lim elementlari kirib keldi. Yangi texnologiyalar 
kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur‗atlar bilan o‗sib
borayotgan hozirgi davrda ta‘lim jarayonida axborot resurslarini tashkil 
etish va ta‘limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e‗tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, «O‗zbekiston Respublikasida «Elektron ta‘lim» 
milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida» 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740-son qarori ta‘lim 
sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy 
axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon 
axborot resurslaridan bahramand bo‗lishni kengaytirishga zamin 
yaratadi. Ta‘lim tizimiga elektron ta‘limni joriy etish birinchi navbatda 
jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta‘lim sohasining 
axborotlashuviga, axborot ta‘lim resurslarini ishlab chiqishga bog‗liq. 
Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni 
axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta‘limni joriy etishga alohida 
e‗tibor 
qaratilmoqda. 
Elektron 
ta‘limni 
rivojlantirish, 
uning 
samaradorligini oshirish yo‗llari izlanmoqda, ta‘limda yangi axborot 
texnologiyalarini joriy etish ta‘lim sohasidagi islohotlarning diqqat 
markazidan o‗rin olgan.
Insoniyat XX asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch 
keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy 
o‗zgarishlar, xususan, axborot texnologiyalarining jadal sur‗atlar bilan 
rivojlanishiga bog‗liq. Ta‘lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining 
turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela 


94 
boshladi. Internet global kompyuter tarmog‗ining rivojlanishi butun 
dunyo ta‘lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‗nalishlarini 
ochilishiga sabab bo‗ldi. Birinchidan, o‗quv muassasalarining texnik 
ta‗minotini keskin o‗zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‗l 
ochilishi o‗qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini 
keltirib chiqardi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini 
ta‘lim jarayoniga kirib kelishi an‗anaviy o‗qitish usullariga qo‗shimcha 
ravishda yangi o‗qitish shakli - masofaviy o‗qitish yaratilishiga omil 
bo‗ldi. Masofaviy ta‘limda talaba va o‗qituvchi fazoviy bir-biridan 
ajralgan holda o‗zaro maxsus yaratilgan o‗quv kurslari, nazorat 
shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari 
yordamida doimiy muloqotda bo‗ladilar. Internet texnologiyasini 
qo‗llashga asoslangan masofaviy o‗qitish jahon axborot ta‘lim tarmoq 
ichiga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‗zaro aloqa tamoyiliga 
ega bo‗lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy 
o‗qitish barcha ta‘lim olish istagi bo‗lganlarga o‗z malakasini uzluksiz 
oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‗qitish jarayonida talaba interaktiv 
rejimda mustaqil o‗quv-uslubiy materiallarni o‗zlashtiradi, nazoratdan 
o‗tadi, o‗qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va 
guruhdagi boshqa «vertikal o‗quv guruhi» talabalari bilan muloqotda 
bo‗ladi. Ma‗lum sabablarga ko‗ra, ta‘lim muassasalarining kunduzgi 
bo‗limlarida tahsil olish imkoniyati bo‗lmagan, masalan, sog‗ligi taqoza 
etmaydigan, mutaxassisligini o‗zgartirish niyati bo‗lgan yoki yoshi 
katta, malakasini oshirish niyati bo‗lgan kishilar uchun masofaviy 
o‗qitish qulay o‗qitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy o‗qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya‗ni har bir texnologiya maqsad va 
masala mohiyatiga bog‗liq. Masalan, an‗anaviy bosma usuliga 
asoslangan o‗qitish vositalari (o‗quv qo‗llanma, darsliklar) talabalarni 
yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video 
konferensiyalar ma‗lum vaqt orasida o‗zaro muloqotda bo‗lishga, 
elektron pochta to‗g‗ri va teskari aloqa o‗rnatishga, ya‗ni xabarlarni 
jo‗natish va qabul qilishga mo‗ljallangan. Oldindan tasmaga muxrlangan 
video ma‗ruzalar talabalarga ma‗ruzalarni tinglash va ko‗rish imkonini 
bersa, maksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor 
almashinish talabalarga o‗zaro teskari aloqa orqali o‗qitish imkonini 


95 
beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta‘lim jarayonida ayni vaqtda qayta-
qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta‗riflarni keltirib 
o‗tamiz. Masofaviy ta‘lim-masofaviy o‗qitishga asoslangan ta‘lim. 
Masofaviy o‗qitish - o‗zaro ma‗lum bir masofada Internet texnologiya 
yoki boshqa interaktiv 
usullar va barcha 
o‗quv jarayonlari 
komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‗qitish 
usullariga asoslangan talaba va o‗qituvchi O‗rtasidagi munosabat.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin