Maxsus fanlarni


Savolning ikki xil turi mavjud



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
23887 (1)

Savolning ikki xil turi mavjud 
(interaktiv o‗qitish nuqtai nazaridan).
• 
o„quvchining fikr 
doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta 
tiklashga keltirib qo‗yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash 
jarayonini to‗xtatib turishga xizmat qilib, o‗quvchiga uning fikri hech 
kimni qiziqtirmasligi tushunib yetishiga olib keladi; 
• 
fikr yuritish,
o‗ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil 
etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko‗tarish 
bilan birga, o‗quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga 
ishonch uyg‗otadi. 
Interfaol usullar bo‗yicha o‗qitish tashkil etilganda e‘tibor berilishi 
kerak bo‗lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. 
Vazifaning mazmuni o‗qitishning an‘anviy shakllariga qaraganda 
boshqacharoq xarakterga ega bo‗lishi lozim. Masalan, guruhga 
darslikdagi ma‘lum bir mavzuni konspektini olish vazifa sifatida berish 
maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‗quvchi bu ishni o‗zi, 
mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, muammoni 
nostandart qo‗yilishigina, o‗quvchilarni bir-biridan yordam olishga, 
boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy 
fikrini shakllantirishga undaydi. 
O‗quvchilarga o‗quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan 
biri o‗z ichiga : so‗zlab berish, tushuntirish, ma‘ruzani og‗zaki bayon 
etishdir. Bularning xammasida ta‘lim berishning faqat bir vositasidan–
o‗qituvchi so‗zidan foydalaniladi.
So‗zlab berish o‗quv materialini xikoya tarzida bayon etishni ko‗zda 
tutadi. Bu metod o‗quv materiali, asosan, tavsifi xarakterda bo‗lib, 
mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan xollarda qo‗llaniladi. 
Tushuntirish. O‗quv materialini og‗zaki bayon etishning ko‗zda tutadi. 
Tushuntirish jarayonida o‘qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduksiya, 
induksiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish va shu kabilardan 
foydalaniladi. Tushuntirish, asosan, xususiy va aniq ma‘lumotlarni 
bildirishda qo‗llaniladi.
Ma‘ruza, so‗zlab berish va tushuntirishdan farqli o‘laroq, ancha aniq 
tuzilgan bo‘ladi. Ma‘ruzalar, odatda o‗quv dasturining yirikroq, 
prinsipial muxit masalalari yuzasidan o‘qiladi. Ma‘ruzada o‗quv 


99 
materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o‗zaro bog‗langan 
tushunchalar, qonuniyatlar sistemasi ochib beriladi, kursning turli 
mavzulari orasida ichki bog‗lanishlar o‘rnatiladi.
Ma‘ruza so‗zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi va 
o‗quvchilarning yozib borishini ko‗zda tutiladi. Ma‘ruzani eshitish 
so‗zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko‗prok diqqat 
e‘tiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda so‗zlab 
berish, tushuntirish xamda ma‘ruza juda ko‗p umumiylikka ega, shu 
sababli umuman og‗zaki bayon metodikasini ko‗rib chiqamiz va xar 
qaysi metodning o‗ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.
Og‗zaki bayon etishga tayyorgarlik ko‘rishda shuni nazarda tutish 
zarurki, o‗quvchilar yangi materialni, odatda, u tegishli mantiqiy 
izchillikda qism – taqsimlab bayon etilgan taqdirdagina ancha samarali 
o‗zlashtiradilar. O‗quv materialining xar bir qismi nisbatan tugal 
mazmunga ega bo‘lishi kerak. Bayonni rejalashtirishda materialni asosiy 
masalalar mumkin qadar kam bo‘ladigan tarzda tuzishga xarakat qilish 
zarur. Tajribadan ma‘lumki, o‗quvchilar 2-3 ta asosiy fikrni oson, to‘rt 
yoki beshta asosiy fikrni qiyinroq idrok etadilar, agar asosiy fikrlar 8-10 
ta bo‘lsa o‗quvchilar ancha qiynaladi.
Bayon etishda eng qiyini boshlang‗ich qismdir, shuning uchun 
o‘qituvchi uni juda puxta mashq qilishi zarur. Xamma vaqt ma‘lum va 
aniqroq materialdan boshlab, sekin asta yangi materialga o‗tishi lozim.
Deduktiv usulda bayon etishga vaqt ancha kam sarflanadi, ammo bu 
usulni qo‗llash uchun o‗quvchilarda dastlabki bilimlar va abstrakt 
fikrlash borasida ma‘lum tajriba bo‘lishi zarur.
Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usulining qo‗llanilishi 
o‘rganiladigan materialning mazmuniga bog‗lik. Xikoya xarakteridagi 
materialni induktiv asoslashlar ko‗p bo‗lgan material ko‗pincha deduktiv 
usulda bayon etiladi.
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, tushuntirishning induktiv va deduktiv 
usullari «sof» xolda kam qo‗llaniladi. Odatda, o‘qituvchilar o‗quv 
materialini bayon etishda, o‘rganiladigan masalalarning murakkabligi va 
muximligiga qarab bu usullardan kompleks tarzda foydalaniladi.
Bayon etishning g‗oyaviy–siyosiy yo‗nalganligi nixoyatda muxim 
ahamiyatga ega. Darsda ta‘lim masalalarigina emas, balki tarbiya 
masalalar ham xal qilinadi.


100 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin