110
diagrammalar, gistogrammalar va qimmatli qog‗ozlar bozorining
diagrammalarini qo‗llab quvvatlaydi. Namoyish qilinuvchi materialni
yaratish uchun tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalarini
tanlashda nutqi tegishli slaydlarning juda kichik versiyalari bilan kuzatib
boriluvchi ma‘ruzachi uchun diagrammani bosib chiqarishga imkon
beradigan rejalashtiruvchi va matn muxarriri mavjudligiga aloxida
e‘tibor berish kerak.
Animatsion grafik o‗zida rang, tasvir va illyustrativ grafika
stsenariyasi bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni muxandislik grafikasi
uch o‘lchamli ob‘ektlarning yutuqlari bilan birlashtirgan. Xozirda o‗z
televizorlarimiz ekraniga qarab, biz kompyuter reklama kliplari va
teleeshittirishlarning bezaklari ko‗rinishidagi ushbu unumdor ittifoqning
mevalarini o‗z ko‗zimiz bilan ko‘ramiz.
Animatsiya
— bu, ob‘ektlar, kameralar, yorug‘lik manbalarini
o‗zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‗yicha
o‗zgarishiga ega vazifa, topshiriq.
Xozirgi vaqtda kompyuterli grafikasi vositalarini qo‗llashning
ushbu soxasi g‗oyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Xorijiy
tajribaning ko‘rsatishicha, xozir dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida
kompyuterlashtirilgan
reklama
axborotlarining
manbalari,
ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlarining ma‘lumotlar bazasi mavjud,
ularga reklama beruvchilar belgilangan to‘lovlar xisobiga o‗z firmalari
va ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) xaqidagi
ma‘lumotlarni kiritadi.
Dostları ilə paylaş: