111
kadrlarning izchilligini belgilash, ob‘ektlarni kadrdan kadrga joyini
o‗zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yorug‗lik
manbalari uchun xarakatlarni xam berish mumkin);
yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yoruglik, soyalar, ko‘rish
burchagi, ob‘ektlarning o‗zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga
o‗zgarishlarini hisobga olish bilan hisoblash; bunday hisoblash
rendering (inglizcha «rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning
oxirgi bosqichi, bunda tayyor ayrim ob‘ektlar, epizodlar va pallalardan
yaxlit reklama kadri olinadi;
ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko‗rinishidagi olingan
izchilligini chiqarish.
MDH mamlakatlarida kompyuter grafikasi ustida ishlayotgan
ko‗pgina jamoalar hatto tegishli texnika va dasturiy ta‘minlashga ega
bo‘lmay ham, yaqin kelajakda zamonaviy reklama, eng avvalo, uning
video va teletasvirlar sintezi bilan belgilanishini yaxshi tushunadilar.
Nazorat savollari:
1.
Kompyuter grafikasi fanining dolzarbligi nimada?
2.
Kompyuter grafikasining informatsion jamiyatdagi ahamiyati
qanday?
3.
Kompyuter grafikasini qanday sohalarda qo‗llaniladi?
4.
Illyustrativ kompyuter grafikasi deganda qanday grafikani
tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: