107
vositalar sohasida ham (SUPER ANIMATOR yoki 3-D STUDIO )
ko‗zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo‗yicha
taqqoslashga loyiq xaqiqiy, xajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga
imkon beradi. Bu programmaviy mahsulotlar reklamalar ishlab
chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san‘at va multimediya texnologiyasi
sohalarida qo‗llaniladi. Bundan tashqari namoyish grafikasiga,
geometrik
modellashtirishga,
grafik
interfeyslarni
loyihalashga,
animatsiya (xayvonlar tasviri bilan ishlash)ga va ko‗zga ko‗rinuvchi
(vizualno‘y) xarakatni qurishga katta e‘tibor berilmoqda.
Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar
.
Bugungi kunda
juda ko‗plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‗lib, ularni qaysi
sohada qo‗llanilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Har bir soha
mutaxassislari o‗z faoliyatlari uchun qulay bo‗lgan grafik dasturni
tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma‘lum bir sohaga
yo‗naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalombor
uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik
dasturni qo‗llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni
o‗zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar
murakkablashib boradi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda
ham sodda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e‘tiborga
loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog‗liqdir.
Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va
talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o‗rin tutadi. Ishning
amaliy ahamiyati. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog‗liq
bo‗lganligi uchun оddiy geometrik yasashlar, masalan aylanani teng
bo‘lakarga bo‘lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni
o‘tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari borasida amaliy
tarzdagi ma‘lumotlar hamda ko‘rsatmalar bitiruv ishida keltirib o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: