O‗quv materiallarini qism – porsiyalab bayon etish tavsiya qilinadi.
Bunda fikrlar fikrga, qismdan qismga mantiqan o‘tish darsdan
ko‗zlangan asosiy maqsadni o‗quvchilar esiga tushirish, materialning
bayon etilgan xar bir qismiga yakun yasash zarur. Bu shartlarga amal
qilish bayon etishning mantiqiyligini oshiradi. Bayon etish mantiqi
o‗quvchilarga tushunarli bo‘lishga xarakat qilishi lozim.
Bayonning tushunarli bo‘lishini oshirish uchun: aniq bo‘lishi lozim,
chunki umumiy muloxazalar, odatda, qiyinrok o‗zlashtiriladi, zarurat
bo‘lmasa, o‗quvchilarga tushunarsiz terminlardan foydalanmaslik kerak,
jumlalarni imkoni boricha qisqa tuzish lozim, rakamli materialni
extiyojsiz ishlatavermaslik zarur.
Bayon etish vaqtida o‘qituvchi taqqoslashdan foydalansa,
o‗quvchilar materialni yaxshiroq tushunadi. Muvaffaqiyatli bayon
etishning eng muxim sharti o‘qituvchi bayon etayotgan o‗quv
materialini idrok etish va tushunib olish jarayonida o‗quvchilar
e‘tiborining turg‗un xamda fikrlash faoliyatining ilg‘or bo‗lishidir.
Ilg‘or pedagoglar o‗quvchilar e‘tiborini jalb qilib turish xamda
fikrlash faoliyatini ilg‗orlashtirishning xar xil usullari va metodik
usullaridan foydalanadilar, bu usullarning samaradorligi xar bir yarim
xolda
materialning
mazmuniga,
guruxning
jamoasi
xamda
tayyorgarligiga, darsda foydalaniladigan jixozlarga, o‘qituvchining
individual fazilatlari va ish tajribasiga bog‗lik bo‘ladi. Yaxshi
pedagoglar tajribasini jamlab, eng xarakterli metodik usullarni ko‘rsatib
o‘tish mumkin.
Nazorat savollari: 1.
O‗qitish usuli deganda nimani tushunasiz?
2.
O‗quvchilarga
o‗quv
materialini
bildirishning
asosiy
metodlaridan biri o‗z ichiga nimalarni oladi?
3.
O‗qitishning qiziqtiruvchi metodlarini aytib bering.
4.
Bayon etish deganda nimani tushunasiz?