Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə35/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi.
Pazandachilik ishlari texnologiyasini, taomlar tayyorlashni, sabzavotlardan vinegret va boshqa salatlar tayyorlash texnologiyasini,. ovqatlarga bo‘lgan standartlar talablarini, sabzavotlardan taom tayyorlashni, tayyor taomni bezash va dasturxon tuzashni, tayyorlangan taomning sifatini aniqlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishni, idish-tovoqlarni yuvish va saqlashni, sanitariya- gigiena talablarini va mehnat xavfsizligi qoidalarini, ish o‘rnining tashkil eta olish.
Milliy taomlar tayyorlash texnologiyasi
O’zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixini, uning taomlari, tavsifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o’ziga xos xususiyatlarini, go’shtli salatlar, mevalardan va tuxumli salatlar tayyorlash va daturxonga tortishni, sut mahsulotlaridan sabzavotlar asosida salat tayyorlash, dasturxonga tortishni, “Tvorogli”, “murabboli’’ blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortishni, “Mevali” pirog tayyorlash tartibi va dasturxonga tortishni, quritilgan mevalardan kompot tayyorlash va tortishni bajara olish.
O’zbek xalqining milliy taomlari va ularda ishlatiladigan mahsulotlarni,.inson sog’ligini saqlashni va ovqatlanishida oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlash, salatlar tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar ro’yxati va miqdorini hisoblay olish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish.
Pazandachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va moslamalarning turlari, ularni ishlatish qoidalarini,.pazandachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va moslamalardan dastlabki va yordamchi ishlov berishda foydalanish qoidalarini egallash.
Pazandachilik ishlari texnologiyasini, taomlar tayyorlashni, sabzavotlardan salatlar tayyorlash texnologiyasini, ovqatlarga bo’lgan standartlar talablarini, sabzavotlardan taom tayyorlashni, tayyor taomni bezash va dasturxon tuzashni, idish-tovoqlarni yuvish va saqlashni, sanitariya-gigiena talablari va mehnat xavfsizligi qoidalaridan amaliy ish faoliyatida qo’llash.
Pazandachilik ishlari texnologiyasini, taomlar tayyorlashni, sabzavotlardan salatlar tayyorlash texnologiyasini, ovqatlarga bo’lgan standartlar talablarini, sabzavotlardan taom tayyorlashni, tayyor taomni bezash va dasturxon tuzashni, idish-tovoqlarni yuvish va saqlashni, sanitariya-gigiena talablari va mehnat xavfsizligi qoidalaridan amaliy ish faoliyatida qo’llash.
Pazandachilik har bir xalqning turmush va madaniyati doirasidagi estetik, axloqiy e’tiqodiy aloqalarini ifodalovchi rasm-rusum, an’analar mehmondo’stlik kabi urf-odatlar, xalqning turmush tarzi va tarixiga bog‘liq bo‘ladi. Pazandachilik boshqa san’at tarmoqlari kabi o’ziga xos —janr”lari bor. Bular o'zbek pazandalagida: oshpazlik, palovpazlik, kabobpazlik, nonvoylik, qandolatchilik, mantipazlik kabilardir.
O'zbek oshpazligi va pazandaligi san'atning boshqa turlari kabi doimo o'zgarib takomillashib borgan. Pazandalik fors-tojik tilidan olingan bo'lib, —pazidan” pishirmoq ya'ni pishirmoqlik degan ma'noni anglatadi. Ovqatlanish odam sihat-salomatligining, uzoq umr ko'rishini garovi, yaxshi kayfiyatning vositasi mehnatga bo'lgan qobiliyatning omilidir. Pazandachilikning asosini taomlarning xilma-xil va lazzatli bo'lishini ta'minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish tushuniladi.
O’zbekistonning iqlim sharoiti yozlik va qishlik oshxonalar bo’lishini talab etadi.
Qishki oshxona uchun yorug’, shamollatib turish oson bo’lgan xona tanlab olinadi. Bu xonaning shiplari baland, pollari tekis qilib ishlangan, devorlarga esa keramik plitalar yopishtirilgan yoki bo’yalgan bo’lishi kerak. Oshxonaning zarur jihozlari: oziq mahsulotlari va idishlari uchun javon yoki taxta toqcha (polka), stol, kerogaz, kerosinka, plita, elektr plitasi, gaz plitasi va boshqa isitish asboblaridir. Bu asboblarni g’isht, tunuka yoki keramik plitalar ustiga o’ngay qilib qo’yish mumkin. Agar oshxonaga xolodilnik qo’ymoqchi bo’lsangiz uni isitish asboblaridan uzoqroq joyga o’rnating. Oshxonada yana ikkita paqir bo’lishi juda zarur, biri ovqat qoldiqlari, po’choq va shu kabilar uchun bo’lsa, ikkinchisi suyak, meva va qopqoqli bo’lishi shart, ular tova tutilishi va o’z vaqtida bo’shatib, xlor eritmasi bilan dezinfektsiya qilinib turilishi kerak.
Oshxonani kuniga bir marta tozalab shamollatib turing, eshik va derazalariga oq pardalar tutib ozoda saqlang. Oshxonada yuvinish, kir yuvish va yoyish, krovat quyib yotish tavsiya etilmaydi.
Oshxonada xo’jaligi uchun bir necha xil idishlar, ya’ni qozon —tovoq, kastryulka, pichoq, kapgir va cho’mich kabi asboblar kerak. Bunday asbob taomlarni to’g’ri pishirish va sanitariya — gigiena qoidalariga rioya qilish uchun ham zarurdir.
Oshxonada hatto ozuqa mahsulotlarini rasamadi bilan solishni o’lchaydigan asboblar, vaqtga qarab pishirish uchun ko’ng’iroqli soat bo’lishi tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, sabzavot tozalash, xamir yoyish, baliq va go’shtni chopish yoki to’g’rash uchun alohida oshtaxtalar, tuz, ziravor va yog’ uchun har xil kattalikda shisha yoki chinni idishlar bo’lishi lozim.
Idish — tovoqlar pishiriladigan ovqatning hajmiga mos bo’lishi kerak. Ma’lumki, katta qozon yoki kastryulkada ozgina ovqat pishirilsa, yoxud kichik idishda to’latib ovqat pishirilsa taom uncha lazzatli bo’lmaydi va ba’zan buziladi. Chunki katta idishlarda pishayotgan ovqat tez qaynab, tez bug’lanadi, kichik idishdagisi esa toshib yog’ va sellari oqib ketadi. Shuning uchun xo’jalikda bitta katta qozon va bitta kichikroq qozon, har xil hajmdagi, chunonchi: alyumin, emal bilan sirlangan va boshqa materiallardan yasalgan bir necha kastryulka, katta va kichik tova, ikkita cho’mich, kapgir, chovli, mantiqazon bo’lishi kerak.
Bulardan tashqari oshpichoq, suyak chopqi, kartoshka pichog’i, taxta — o’qlov, juva, elak, g’alvir, suzgich, xasip voronkasi, yog’ voronkasi, myasorubka, yog’och keli (o’g’ir), o’g’ircha (xovoncha), kirgach, chakich, mevasiqqich, konserva ochgich, shtopor, qil elak, ikkita tos, besh— oltita har xil alyumin lagancha, to’rtta katta six, yigirmata kabob sixi va hokazolar bo’lishi lozim.
Yozlik oshxona, albatta hovliga qurilgan bo’ladi. Ikki yoki uch tomoni devor bilan o’ralib shiypon qilib qurilgan oshxona eng qulay bo’ladi, chunki havo bemalol aylanib, tutun va islarni shamollatib turadi. Yozlik oshxonaning shipi va devorlari yonmaydigan materialdan yasalgan bo’lib, pollariga gisht yoki keramik plitalar yotqizilsa yaxshi bo’ladi. Yozlik oshxonaning atrofi devor bilan o’ralmay, cheti sim bilan tutilsa ham bo’ladi. Yozlik oshxonaga tandir quriladi. Tandirni supa o’rtasiga og’zini osmonga qaratib qursangiz ham bo’ladi. Ikkinchi holda tandiming og’zi esa yer dan 1,7 metr baland bo’lishi kerak. Tandirni asosan g’isht bilan ko’tarib, devor oralig’ini bo’sh qoldirish kerak. Bu yerga o’tin — cho’p yoki axlat paqirlari qo’yiladi.
Tandiming o’ng tomoniga stol o’rnashtirasiz, so’l tomoniga suv idishni qo’yadigan supacha yasaysiz. Tandirni olovi yaxshi yonadigan, tutun ravon ko’tariladigan qilib qurish kerak.
Yozlik oshxonaga qozon va qumg’on o’choqlari quriladi. Qozon o’choq suvoq qilingan bo’lib, usti metall yoki yog’och qapqoq (tuvoq) bilan yopiladigan bo’lishi kerak. Yozlik oshxonadan butun yil bo’yi, hatto qishda ham foydalanish mumkin. Yozlik oshxonada, shuningdek mangalka va kabob qo’rasi kabi asboblar ham bo’ladi.
Yozlik oshxona ham huddi qishki oshxona kabi har kuni bir marta tozalab turiladi va o’choq, tandir hamda devorlar oyda bir yoki ikki marta ohakka DDT poroshogi ko’shib oqlab turiladi.
Ovqatlanish asboblari - Ro’zg’ordagi ashyolarning ko’pini ovqatlanish asboblari tashkil qiladi. Bu asosan, kosa, lagan, likopcha, chinni choynak grafin, piyola, ryumka, qoshiq, vilka kabi ovqatlanish asboblaridan iboratdir.
Ovqatlanish asboblari yetarli bo’lmasa, lazzatli qilib tayyorlangan taomingizni bemalol yeya olmaysiz, albatta.
Mavjud idish— tovoqlar chiroyli nafis, guldor bo’lishi va bir xil materialdan tayyorlangan serviz bo’lsa yana ham yaxshi. Chunki chiroyli idish taomga ajoyib tus berib, uni bezatib turishi bilan birga ishtaha qo’zgatishga ham yordam beradi. Siz bir xil taomni turli rangdagi va kattalikdagi idishlarga solib dasturxonga torting, ovqatning shakli, albatta, buzilib ko’rinadi, chiroyli idishdagi taomdan bahramand bo’layotgan mehmoningiz "mehnat hurmat ko’rsatibdi" deb xursand bo’lsa, oldida qo’pol idish turgan mehmoningiz meni" mensimabdi" deb ko’ngliga keltirilishi mumkin. Bir xil idish —tovoqning faqat mehmon kutishdagina emas, oilada bolalarga bir xil munosabatda ekaningizni anglatishda ham zo’r ahamiyati bor.
Ikkinchidan, ovqatlanish asboblari va idish tovoqlarning chiroyli bo’lishi ro’zg’orning ziynati hamdir. Lekin ziynat deb bularni keragidan tashqari ko’paytirib yuborish, ishlatilmay chang bostirib qo’yish aqliga muvofiq emasdir. Ro’zgorda kerak bo’lmaydigan ortiqcha narsalarni saqlash bir tomondan uyni tor qilib tursa, ikkinchi tomondan xonadonning didi pastligini bildiradi.
Quyida ro’zg’or uchun kerak bo’ladigan asosiy bufet ashyolari va ovqatlanish asboblarining qo’yxati beriladi. 2-3 kishilik oilalar uchun:
1 ta samovar, 1 ta elektr choynak, 2 ta katta chinni choynak, 2 ta kichik chini choynak, 3 ta har xil kattalikdagi tunuka yoki mis barkash, 6 ta katta piyola, 1 ta kichik piyola, 1 ta olti kishilik choy servizi, 2 ta katta tova, 2 ta kichik tova, 2 ta non lagancha, 6 ta qonfet tarelkasi, 1 ta oqqand ombiri, 1 ta katta limon vilkasi, 6 ta sovuq ichimliklar uchun stakan,ushbu ashyolar asosan non — choy uchun ishlatiladi.
Issiq ovqatlar uchun: 1 katta chinni lagan, 1 ta katta sopol lagan, 2 ta kichikroq chinni lagan, 1ta katta lagmon kosa, har biri 6 donadan, katta likop, chuqur likop, chinni kosa, norin kosa, vakuska likopchasi, taqsimcha morojenoe tovachasi, ovqat pichog’i, vilka, temir qoshiq, yog”och qoshiq, disert qoshiqchasi, fujer, shampanskoe bakali, katta ryumka, o’rtacha ryumka, kichik likyor ryumka va bittadan katta grafin, kichik grafin, suv grafini,sut grafini, non tovasi, ikkita salatnitsa hamda qalampir, tuz va sirka soladigan zirovordon bo’lgani ma’qul. O’zbekiston aholisi mehmondo’stlikni yaxshi ko’radi, buning uchun mexmonlarga atab yuqorida ko’rsatilgan idish va asboblarning ba’zilarini ikki marta oshirishi mumkin.
Oshxona pichoqlari, vilka va qoshiqlar bilan birga saqlansa tez o’tmaslanib qoladi.
Yangi sotib olingan alyumin idishlarni yog’ solib qizdirib, tuz bilan ishqalab artasiz, taomlarni qoraytirmaydigan bo’ladi.
Chinni, fayans va shishadan yasalgan idishlarni yuvgandan keyin yaxshilab quritish kerak. Agar bunday idishlarni sochiq bilan artadigan bo’lsangiz sochiqning tuklari yopishib uni yana iflos qilib quyadi. Shuni esda tutish kerakki, tova yuvilmagan idish taomning sifatini bo’g’adi va sog’likka ham zarar etkazishi mumkin. Alyumin idishga yopishib qolgan qora dog’larni sirkaga botirilgan paxta bilan artib, keyin yuvib tashlasangiz, top-toza bo’ladi.
Oshxonada bajariladigan ishlar ichida eng ko’p vaqt talab qiladigan jarayon ovqat tayyorlashdir. Ovqat tayyorlash uchun oshxonada maxsus jihozlar bo’lishi lozim. Ular quyidagilar: idish quritiladigan moslamalar (bir qismi devorga qo’yiladigan yani bir qismi stol ustiga o’rnatilgan), stol-shkaf, devoriy shkaf, jovon, gaz plitasi, sovutgich, ovqat stoli, sochiqlar uchun shkaf, go’sht tilimlash uchun tortmali stol-shkaf, osma shkaf.

Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin