Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə55/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Tariq yormasi. Tariq doni sarg‘ish, qizil yoki kul rang po‘st bilan qoplangan.
Donning yadrosi unli yoki shishasimon tuzilishda bo‘ladi. Tariq doni murtagida 4—6% tez achiydigan yog‘ bor, shu tufayli dondan yorma tayyorlashda murtagi olib tashlanadi. Tariqdan silliqlangan so‘k olinadi. Silliqlangan so‘k, gul po‘sti, murtak va qisman meva hamda urug‘lik qobig‘idan holi bo‘lgan tariq yadrosidir.
U sifatiga qarab, uch navga bo‘linadi: oliy, 1- va 2-navlar. Oliy nav so‘kda kamida 99,2%, 1- navida 98,7% va 2-navida 98% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi.Silliqlangan so‘k o‘rtacha to‘yimli, kulinariya fazilati baland hisoblanadi, saqlanganda tez achiydi. Uzoq saqlashga mo‘ljallangan barcha navdagi so‘kning namligi ko‘pi bilan 14%, bir oygacha saqlashga mo‘ljallangan so‘kning namligi esa 15% bo‘lishi lozim.
Arpa yormasi. Arpaning kuzgisi va bahorgisi bo‘ladn. Arpa doni odatda, po‘stli, ba’zan po‘stsiz ham bo‘ladi. Xo‘jalikda ishlatilishiga qarab, arpa ozuqaembop, pivobop va yormabop turlarga bo‘linadi. Yormabop arpa doni yirik, yupka gul po‘stli bo‘lib, unda oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Yuqori sifatli yorma ikki qatorli arpadan olinadi. U sariq rangda va shishasimon tuzilishda bo‘ladi. Arpadan ikki turli yorma ishlab chiqariladi: arpa yormasi hamda perlovka yormasi.
Arpa yormasi arpa donining po‘sti va qisman meva qobig‘idan tozalab, turli formada tuyilganidir. U silliqlanmaydi. Yorma donasining yirik- maydaligiga qarab, uch raqamga bo‘linadi. Arpa yormasida kamida 99,0% yaxshi sifatli yadro bo‘lishi lozim. Arpa yormasining namligi ko‘pi bilan 15% bo‘ladi.
Perlovka yormasi po‘sti, meva va qisman urug‘lik qobig‘i olib tashlangan, yaxshi silliqlangan, yumaloq formadagi, sirti silliq, butun yoki yanchilgan arpa yadrosidir. Donasining yirik-maydaligiga qarab, perlovka yormasi besh raqamga bo‘linadi (eng yirigi 1, eng maydasi 5). Perlovka yormasi qancha mayda bo‘lsa, uning sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Perlovka yormasining namligi 15% dan oshmasligi lozim. Unda kamida 99,6% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi.

Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin