DON MAHSULOTLARI TURLARI. UN VA MAHSULOTLARI.
Tovarshunoslik fani tovarlar assortimentining shakillanishi, iste’mol qiymatini aniqlash, yuqori sifatni ta’minlash maqsadida saqlash sharoitlarini ilmiy asoslash, tovarlarning shakillanishidan tortib, iste’molchi undan foydalanish davrigacha bo‘lgan jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanadigan texnik fanlar qatoriga kiradi. Tovarshunoslik fani bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Don tovarshunosligining ham ahamiyati kattadir, chunki dondan olinadigan mahsulotlar axolining asosiy iste’mol qiladigan mahsuloti hisoblanadi.
Donni va don mahsulotlarini har tomonlama o‘rganish uchun biologiya, morfologiya, anotomiya, kimyoviy moddalarning miqdori va taqsimlanishi, aralashmalar turlari, fizik holati va boshqa savollarga javob berish uchun har tomonlama bilimga ega bo‘lish kerak.
Don, doncha (caryopsis) - gʻalla ekinlari mevasi yoki dukkakli don oʻsimliklar urugʻi; dehqonchilikda yetishtiriladigan asosiy mahsulotlarning biri. Don odam isteʼmol qiladigan oziq - ovqat, un, pivo, kraxmal - patoka, spirt, aralash yem tayyorlash uchun xom ashyo hamda qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun toʻyimli ozuqa. Donni qayta ishlab olingan mahsulotlar non, makaron, qandolatchilik korxonalarida ishlatiladi. Insoniyat oqsilning 50%, uglevodlarning 70%, yogʻlarning 15% ini don mahsulotlaridan oladi.
Gʻalla ekinlari doni bir urugʻli quruq meva; bugʻdoy, javdar, makkajoʻxori va arpa bilan sulining poʻstsiz hamda suli, arpa, sholi, tariq va boshqalarida yupqa poʻstli boʻladi. Donning asosiy qismi endospermdan iborat. Donlar tegirmonda tortilganda endospermdan unning muhim qismi hosil boʻladi. Endosperm hujayralarining koʻp qismi kraxmal va oqsil moddalar bilan toʻlgan. Endospermning oxirgi qavati - aleyron qavat oqsil va yogʻga boy. Navli un tortishda bu qavat kepakka qoʻshilib ketadi (odam organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi).
Donlarning ichki tuzilishi undagi kraxmal donachalarining joylashishi hamda xossalariga, oqsillarning xossalari va taqsimlanishiga qarab shaffof (shishasimon), yarim shaffof va unsimon boʻladi. Donlarning past qismida murtak boʻlib, unda oqsil, yogʻ, qand, vitaminlar va fermentlar koʻp. Bugʻdoy doni vaznining 81—84,2% endosperm, 6,8—8,6% aleyron qavat, 1,4-3,2% murtak va 3,1—5,6% poʻstdan iborat. Donlarning oziq - ovqatlik va yemlik qimmati undagi moddalar va ularning tarkibiga bogʻliq.
Dukkakli don ekinlarining pishgan donida endosperm boʻlmaydi. Urugʻ po’st (qobigʻi) bilan qoplangan, uning ostida murtak joylashgan.
Don tarkibidagi uglevodlarning asosiy qismi kraxmaldir. Kletchatka bilan gemitsellyuloza hujayra qobigʻi tarkibiga kiradi. Qandlardan maltoza, glyukoza va fruktoza bor. Bugʻdoy donining oqsillari, asosan, gliadin va glyutelinlarga kiradi. Bugʻdoy oqsillari hamir qorishda suv bilan birikib kleykovina hosil qiladi, hamirning choʻziluvchanligi, gʻovakligi va nonning xajmi kleykovinaning miqdori hamda sifatiga bogʻliq boʻladi. Dukkakli don ekinlari donining oqsillari, asosan globulinlar va ozroq albuminlardan iborat. Ular gʻalla ekinlari oqsillariga qaraganda toʻyimliroqdir. Yogʻlar asosan murtakda, yer yongʻoq bilan soyada urugʻ pallalarda koʻp boʻladi. Donlarning kuli tarkibida fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, kremniy va boshqa elementlar bor. Fermentlar (amilaza, maltoza, saharoza, lipaza va b.), asosan, murtakda toʻplangan. Donlarning tarkibida vitaminlardan tiamin (B,), riboflavin (B2), piridoksin (B6), nikotinamid (PP), askorbin kislota (C) va boshqa ko’plab turdagi vitaminlar mavjud.
Qo‘llanilishiga ko‘ra donlar un tortishda, yorma olishda, yem-xashak uchun, texnik maqsadlarda, urug‘lik uchun taqsimlanadi.
Un olish uchun asosan – bug‘doy, javdar doni, oz miqdorda makkjo‘xori, arpa, uni ishlatiladi.
Yorma olish uchun – tariq, grechixa, sholi, arpa, suli, rusno‘xoti, chechevitsa, bug‘doy doni ishlatiladi.
Yem-xashak uchun – suli, arpa, makkajo‘xori, oq jo‘xori, vika, kormovbob. Texnik maqsadlarda – makkajo‘xori, moyli donlar urug‘lari.
Dostları ilə paylaş: |