Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə61/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Soz birikmasi. Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi.
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo‘llanishi mumkin. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bog‘lanib, hokim bo‘lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi. So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.
Otli birikmalarda boshqaruvchi so‘z ot bo‘lib, u boshqarib kelayotgan so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh bo‘lishi mumkin: Yağïz yer – qora er, kelti
– qoʻshin keldi, ögüm qatun – onam qatun (malika), uqğalï kelti - tushungani kelti.
Fe’lli birikmalarda boshqaruvchi so‘z fe’l yoki uning funktsional shakllari, tobe so‘z ma’lum kelishik yoki ko‘makchi bilan birikib kelgan ot yoxud otlashgan so‘z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe’li bo‘lishi mumkin: qağan qïsdïm – xoqonni qoʻlga oldim, Tabğačda adrïldï - Tabgʻachdan ayrildi, anča saqïntïm - koʻp oʻyladim.
Qadimgi turkiy tilda so‘z birikmalarini tashkil etgan bo‘laklarni o‘zaro aloqaga kirish usuliga ko‘ra uch turga bo‘lish mumkin:

    1. Bitishuv. 2. Boshqaruv. 3.Moslashuv.

Bitishuv. So‘zlar grammatik vositalar yordamisiz o‘zaro aloqaga kirib, so‘z birikmasini tashkil etadi. Bunday so‘z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o‘zaro birikadi. Quyidagi so‘z turkumlari bitishuv yo‘li bilan so‘z birikmasini tashkil etgan: Kiši oğlan inson farzandi, semiz buqa – semiz buqa, yağïğa tegmiš – dushmanga hujum qilgan lashkar.
Boshqaruv. Tobe so‘z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko‘makchilar orqali bosh so‘zga birikadi.
Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, jo‘nalish, o‘rin- chiqish, vosita kelishiklari bo‘lib, tobe so‘z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so‘zga bog‘lanadi. Boshqaruv ikki xil boladi: kelishikli va koʻmakchili. Kelishikli boshqaruv:

  1. tushum kelishigi vositasida: oğuzuğ öküšäk ölürti - oʻgʻuzni koʻplab oʻldirdi

  2. jo‘nalish kelishigi orqali: Ötükän yïšğaru uduztïm - Oʻtukan yishga yoʻnaltirdim.

v) o‘rin-payt kelishigi vositasida: Qara költä suŋušdïmïz – Qora koʻlda jang qildik.
g) vosita kelishigi yordamida: Yüz artïq oqun urtï - yuzdan ortiq o‘q bilan urdi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin