Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə24/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mam-lakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni kuchaytirib, chegaralarni yo'qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e'tibor qaratadi.
Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattington-ga tegishli bo'lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urush-dan» keyin yanada ko'p qutbli bo'ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tash­kil topadi: G'arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin ame-rikasi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan boshqa ten-densiyalar kuchsiz namoyon bo'layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatil-moqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integ-ratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqt-da ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko'rinishida), ishchi kuchi (eksportyorlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xiz­matlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayo-nidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlana-di (1.4.1-rasm):

  • tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk obyektlari xalqaro savdosi;

  • ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;

  • xalqaro moliyaviy operatsiyalar. „

Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko'rsatkichlar yorda-mida ifodalash mumkin:

  • to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;

  • kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;

  • yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyiha-larning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o'zgarishi;

  • patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;

  • bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi, dinamikasi;

  • xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;

  • valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.

  • Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta'sirida rivojla-nadi

  • iqtisodiy — xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;

  • ijtimoiy — dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an'analar-ning kuchsizlanishi;

  • siyosiy — davlat chegaralarining «shaffofligi», bir qutbli dunyoning shaklla­nishi;

  • texnologik — transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;

  • xalqaro — xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standart-larning joriy etilishi.

Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro sav­do, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo'yiladigan cheklovlar-ni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bog'liq holda globalla­shuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o'rtasidagi qara­ma-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo'jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to'qnash keladi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin