Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə21/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Internet saytlari

7. www.gov.uz


8. www.lex.uz
9. www.ziyonet.uz
10. www.tdiu.uz
11. www.samdu.uz
12. www.uza.uz
O’QUV METODIK MATERIALLAR


MAVZU: 1. Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari.
SAVOLLAR:
  1. Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

  2. Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar


1. Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma'nolarda ta'rif berish mumkin1. Keng ma'noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig'indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma'noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqti­sodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir.Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo'jalik aloqalari yuzlab milliy xo'jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlash-tirishini e'tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqti­sodiy munosabatlar o'zaro bog'liqdir.


Jahon iqtisodiyotining subyektlari. Jahon xo'jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko'-rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyot­lar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqti-sodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqti­sodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosim-ning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqa-ridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakat­larda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim.
TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o'zaro birla-shib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashma­lar jahon xo'jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba'zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o'z a'zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo ko'pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o'z a'zolari milliy iqtisodiyotiga kuch­li ta'sir ko'rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtsodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri —jahon iqtiso­diyotining rivojlanishi to'g'risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Umumjahon banki guruhi (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report), Umumjahon savdo tashkiloti (UJST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlar­ning nashrlari keng foydalaniladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin